Saidbekova Saida Alisherovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi to‘rli yuza ishlab chiqish asosida paxta tozalagichlarni samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4 PhD/T4265
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Kayumov Abdul-Malik Hamidovich, texnika fanlari doktori, professor;.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘rli yuzaning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish hisobiga paxtani tozalash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tozalash jarayonida qoziqchali baraban zarbasi ta’sirida hosil bo‘ladigan bosim kuchi, paxtani elastiklik va qovushqoqlik koeffisientlari bilan paxta tezligi o‘rtasidagi bog‘lanishni xarakterlovchi tenglamalar olinib, paxta tezligini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
ishlab chiqarilgan bog‘lamalar asosida bosim kuchi, paxtani elastiklik va qovushqoqlik xususiyatlarini tozalash samaradorligiga ahamiyatli darajada ta’sir etishi aniqlangan va ularni nazariy hisoblarda inobatga olish kerakligi asoslangan;
paxtani iflosliklarini og‘irliklar nisbati bo‘yicha aniqlash etarli asosga ega emasligi, terim turi, sanoat naviga qarab bir xil ifloslikka ega paxtada iflosliklar soni va geometrik o‘lchamlari keskin farq qilishi asoslangan;
tozalagichlarni qoziqchali baraban seksiyalariga tolani tarash effektiga ega to‘lqinsimon to‘rli yuza ishlab chiqilgan va uni ratsional geometrik o‘lchamlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi to‘rli yuza ishlab chiqish asosida paxta tozalagichlarni samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi to‘lqinsimon to‘rli yuza bilan takomillashtirilgan paxta tozalagichlar Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tasarrufiga kiruvchi TCT Agro klaster MChJ tarkibidagi Mustaqillik paxta tozalash korxonasida tadbiq etilgan(O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025 yil 23- dekabrdagi №02/06-2953-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tozalash samaradorligi tavsiya variantida mavjud to‘rli yuzaga nisbatan 6,14% ga yuqori bo‘lib, 77,29% ni tashkil etgan, ishlab chiqarilgan toladagi nuqson va iflos aralashmalar miqdori mavjud variantda 3,13% bo‘lib tola II-nav “Yaxshi” sinfiga to‘g‘ri kelgan, tavsiya variantida esa mos ravishda 2,26% ni tashkil etib “Oliy” sinfga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish