Avezova Baxtigul Xolmurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda o‘z-o‘zini boshqarishning irodaviy sifatlarni shakllantirishga ta’sirini o‘rganishning nazariy asoslari”.19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1013.
Ilmiy rahbar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahmatova Nasiba Sobirovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabarda o‘z-o‘zini boshqarishning irodaviy sifatlari shakllanishiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
talabalarda o‘z-o‘zini boshqarish omillari – emotsional holatlarni, faoliyat jarayonini va ijtimoiylashuvdagi o‘zini nazorat qilish – bilan bog‘liq irodaviy sifatlar, irodaviy fazilatlarning shakllanishida psixologik o‘zini-o‘zi boshqarishning kompleks xarakterga egaligini isbotlangan;
refleksiya turlari, differensial refleksiya, tizimli refleksiya, introspeksiya, kvazirefleksiyalarining ko‘rsatkichlari nafaqat xulqiy, balki reflektiv ong jarayonlariga ham bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
o‘z-o‘zini boshqarishga oid irodaviy sifatlar rivoji bosqichlarga qarab dinamik farqlanishini isbotlovchi yangi empirik dalillar o‘z-o‘zini boshqarishning ta’lim bosqichlari davomida evolyusion shakllanishini amalda tasdiqlangan;
tadqiqot natijasida o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, metodlar va ta’lim tamoyillariga asoslangan to‘rt blokli rivojlantiruvchi model (tashkiliy-boshqaruv, ijtimoiy-psixologik muhit, innovatsion pedagogik texnologiyalar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish) ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabarda o‘z-o‘zini boshqarishning irodaviy sifatlari shakllanishiga ta’sirini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda o‘z-o‘zini boshqarish omillari – emotsional holatlarni, faoliyat jarayonini va ijtimoiylashuvdagi o‘zini nazorat qilish – bilan bog‘liq irodaviy sifatlar, irodaviy fazilatlarning shakllanishida psixologik o‘zini-o‘zi boshqarishning kompleks xarakterga egaligini isbotlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda psixologik o‘zini-o‘zi boshqarish kompleksi takomillashgan;
refleksiya turlari, differensial refleksiya, tizimli refleksiya, introspeksiya, kvazirefleksiyalarining ko‘rsatkichlari nafaqat xulqiy, balki reflektiv ong jarayonlariga ham bevosita bog‘liqligi aniqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda refleksiv kompetensiyani rivojlantirish orqali akademik intizom, mustaqil fikrlash, stressga chidamlilik kabi ko‘nikmalar rivojlangan;
o‘z-o‘zini boshqarishga oid irodaviy sifatlar rivoji bosqichlarga qarab dinamik farqlanishini isbotlovchi yangi empirik dalillar o‘z-o‘zini boshqarishning ta’lim bosqichlari davomida evolyusion shakllanishini amalda tasdiqlanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik jarayonda har bir bosqich uchun moslashtirilgan psixologik yondashuv va motivatsiya tizimi qo‘llanilishi imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot natijasida o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, metodlar va ta’lim tamoyillariga asoslangan to‘rt blokli rivojlantiruvchi model (tashkiliy-boshqaruv, ijtimoiy-psixologik muhit, innovatsion pedagogik texnologiyalar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish) ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilinganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning psixologik barqarorligi, faolligi, irodaviy chidamliligini kuchaygan.