Norqobilova Surayo G‘ulom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Giperaktivlik va diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlar ijtimoiylashuvining shaxslararo munosabatlariga ta’siri” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P541.
Ilmiy rahbar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diqqat etishmasligi sindromli va giperaktiv o‘smirlarni ijtimoiy moslashuvi samaradorligini oshirish hamda psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlarning emotsional intellektini pastligi ulardagi yuqori hissiy impulsivlik his-tuyg‘ularni tez namoyon qilish va ularni katta qiyinchilik bilan bostirishi, agressiyaning ortishiga olib kelganligi tufayli shaxslararo munosabatlardagi buzilishlar, qaysarlik, g‘azab kabi xulq-atvor orqali ijtimoiy moslashuvidagi qiyinchiliklarni tug‘dirishi aniqlangan;
diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlarning ijtimoiy muhitga etarli moslashuv ko‘nikmalariga ega emasligi o‘z-o‘zini va boshqalarni qabul qila olmasligi, ingibision tizimining zaifligi sababli hissiyotga tez berilishi va eskapizm taʼsirida stressogen vaziyatlarda o‘zlarini boshqara olmasligi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlar ijtimoiylashuvining shaxslararo munosabatlarga taʼsiri natijasida tezkor reaksiyalar, yuqori faollik, hukmronlik qilish tendensiyasi, intilishlar darajasining haddan tashqari ortishi bilan ajralib turganligi tufayli, qaror qabul qilish tezkorligining bolani o‘z fikriga yo‘naltirilganligi, tashqi muhit omillariga bog‘liqligi tajovuzkorlik pozisiyasi bilan tavsiflanishi tasdiqlangan;
giperaktiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvida o‘zini va boshqalarni qabul qilish, his-tuyg‘ularni nazorat qilish, kommunikativ kompetentlikning muhimligiga asoslanib adaptiv ko‘nikmalar emotsional intellekt va bolaning o‘ziga bo‘lgan munosabati bilan determinatsiyalashgan psixologik mexanizm ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda tatbiq qilingan:
diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlarning emotsional intellektini pastligi ulardagi yuqori hissiy impulsivlik his-tuyg‘ularni tez namoyon qilish va ularni katta qiyinchilik bilan bostirishi, agressiyaning ortishiga olib kelganligi tufayli shaxslararo munosabatlardagi buzilishlar, qaysarlik, g‘azab kabi xulq-atvor orqali ijtimoiy moslashuvidagi qiyinchiliklarni tug‘dirishi aniqlangan ma'lumotlar “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromli o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvi va emotsional sohasidagi farqlarni qiyosiy oʻrganish imkoni kengaytirilgan;
diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlarning ijtimoiy muhitga etarli moslashuv ko‘nikmalariga ega emasligi o‘z-o‘zini va boshqalarni qabul qila olmasligi, ingibision tizimining zaifligi sababli hissiyotga tez berilishi va eskapizm taʼsirida stressogen vaziyatlarda o‘zlarini boshqara olmasligi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan tavsiyalar “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diqqat etishmasligi sindromi, giperaktivlik bilan emotsional intellekt va xulq-atvor sohasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatib berishga erishilgan;
diqqat etishmasligi sindromli o‘smirlar ijtimoiylashuvining shaxslararo munosabatlarga taʼsiri natijasida tezkor reaksiyalar, yuqori faollik, hukmronlik qilish tendensiyasi, intilishlar darajasining haddan tashqari ortishi bilan ajralib turganligi tufayli, qaror qabul qilish tezkorligining bolani o‘z fikriga yo‘naltirilganligi, tashqi muhit omillariga bog‘liqligi tajovuzkorlik pozisiyasi bilan tavsiflanishi tasdiqlanganligi “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diqqat etishmasligi sindromi va giperaktivlik aniqlangan oʻsmirlar bilan olib boriladigan psixokorreksion rivojlantiruvchi metodik ta’minot boyitilgan;
giperaktiv o‘smirlarning ijtimoiylashuvida o‘zini va boshqalarni qabul qilish, his-tuyg‘ularni nazorat qilish, kommunikativ kompetentlikning muhimligiga asoslanib adaptiv ko‘nikmalar emotsional intellekt va bolaning o‘ziga bo‘lgan munosabati bilan determinatsiyalashgan psixologik mexanizm ekanligi aniqlangan natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga oid tavsiyalar “Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diqqat etishmasligi sindromi va giperaktivlik aniqlangan oʻsmirlar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.