Madreymov Farxat Maxsetbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining ijtimoiy siyosati (1917-1990-yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1423.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narmanov Feruz Asfandiyorovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Jumaniyazova Firuza Jumanazarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1917-1990-yillarda Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining ijtimoiy siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qoraqalpog‘istonda 1917-1924-yillarda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan tadbirlar mahalliy aholi hayot tarziga xos asriy an’analarni etarli darajada hisobga olmaganligi natijasida ularning daromadlari va turmush farovonligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatmaganligi ilmiy asoslab berilgan;
1917-1940-yillarda yuz bergan harbiy-siyosiy qarama-qarshiliklar, yangi iqtisodiy siyosat, majburiy kollektivlashtirish, sanoatlashtirish jarayonlari, shuningdek, ommaviy repressiyalar va totalitar tuzumning kuchayishi Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi kompleks yoritilgan;
1941-1945-yillardagi urush davri hamda 1946-1960-yillardagi urushdan keyingi tiklanish davrida ijtimoiy siyosatning ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari asosida amalga oshirilganligi, buning natijasida Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy ta’minot darajasi past bo‘lgan agrar hudud sifatida saqlanib qolganligi ilmiy jihatdan asoslangan;
Qoraqalpog‘istonda 1965-1990-yillarda ijtimoiy siyosat deformatsiyasi, yashirinlik sharoitida, asosiy muammolarni va Orol ekologik inqirozini yashirish sharoitida olib borilganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida quyidagilar amalga oshirildi:
Qoraqalpog‘istonda 1917-1924-yillarda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan tadbirlar mahalliy aholi hayot tarziga xos asriy an’analarni etarli darajada hisobga olmaganligi natijasida ularning daromadlari va turmush farovonligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatmaganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va ma’lumotlardan boshqarma xodimlari uchun o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarlarda ma’ruzalar tayyorlashda, aholining ijtimoiy himoya tizimiga ishonchini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025-yil 23-oktyabrdagi 02/02-09/3643-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi tashkilot xodimlarining aholiga xizmat ko‘rsatishdagi yondashuvlarini takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy himoya tizimiga ishonchini kuchaytirish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
1917-1940-yillarda yuz bergan harbiy-siyosiy qarama-qarshiliklar, yangi iqtisodiy siyosat, majburiy kollektivlashtirish, sanoatlashtirish jarayonlari, shuningdek, ommaviy repressiyalar va totalitar tuzumning kuchayishi Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilinayotgan dasturlarning konseptual asoslarini takomillashtirishda, vazirlikning tahliliy ishlarida va hududiy mehnat bozori monitoringida, kambag‘allikni qisqartirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda, aholining mehnat madaniyatini oshirish, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 12/00-01/11-6385-son ma’lumotnomasi). Natijada tizimda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik siyosatini rejalashtirishda tarixiy asoslangan tahliliy yondashuvning kuchayishi, hududiy mehnat bozori monitoringi samaradorligining oshishi, amalda qabul qilinayotgan dasturlarning mazmun jihatdan takomillashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
1941-1945-yillardagi urush davri hamda 1946-1960-yillardagi urushdan keyingi tiklanish davrida ijtimoiy siyosatning ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari asosida amalga oshirilganligi, buning natijasida Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy ta’minot darajasi past bo‘lgan agrar hudud sifatida saqlanib qolganligi to‘g‘risidagi xulosalar va ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi xududiy ta’lim tashkilotlarida “O‘zbekiston tarixi”, “Qoraqalpog‘iston tarixi” turkumidagi fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy material sifatida qo‘llanish, tarix fanidan elektron darsliklar va metodik qo‘llanmalarni yaratish, sovet davri va mustaqillik yillaridagi olib borilgan ijtimoiy siyosatni qiyosiy tahlil qilish orqali ushbu sohada bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatib berishda amaliy foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi AA-03/3437-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xududiy OTMlarda Qoraqalpog‘iston tarixi bo‘yicha o‘quv kurslarini takomillashtirish, maxsus seminar va ma’ruzalar jarayonida ilmiy material sifatida foydalanish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘istonda 1965-1990-yillarda ijtimoiy siyosat deformatsiyasi, yashirinlik sharoitida, asosiy muammolarni va Orol ekologik inqirozini yashirish sharoitida olib borilganligi to‘g‘risidagi xulosalar va ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi xududiy ta’lim tashkilotlarida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi AA-03/3437-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston tarixi”, “Qoraqalpog‘iston tarixi” turkumidagi fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy material sifatida qo‘llanish, tarix fanidan elektron darsliklar va metodik qo‘llanmalarni yaratish, sovet davri va mustaqillik yillaridagi olib borilgan ijtimoiy siyosatni qiyosiy tahlil qilish orqali ushbu sohada bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish