Ermanov Alisher Bekmuratovichning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining qatag‘onlik siyosati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2014.3-4./Tar67.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saribaev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narmanov Feruz Asfandiyorovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Nurmetov Ismoil Alimbaevich, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpog‘istonda 1917-1990-yillarda sovet davlatining qatag‘onlik siyosatining shakllanishi va amal qilish jarayonini kompleks o‘rganish, siyosiy qatag‘onlarning asosiy sabablari va oqibatlarini aniqlash, shuningdek mustaqillik davrida siyosiy reabilitatsiya jarayonini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qoraqalpogistonda 1917-1922-yillarda o‘tkazilgan dastlabki qatag‘onlik siyosati natijasida mustabid tuzumga qarshi qoraqalpoq xalqining etuk namoyandalari Ubaydulla Bao‘etdinov, Qutlimurod biy, Inoyat bo‘lis Niyozov, Ibrohim Adilov, Seytnazar Pirnazarov va boshqalarning faoliyatlari holisona yoritildi;
Qoraqalpog‘istondagi qatag‘on jarayonlari umumittifoq tendensiyalari bilan umumiy xususiyatlarga egaligi va 1930-yillardagi qatag‘onlik siyosatida mahalliy organlar emas, balki markaziy sud va tergov organlari alohida rol o‘ynaganligi, mahalliy organlar tomonidan chiqarilgan hukmlar soni ozligi Markazga qaramlik NKVD mahalliy organlarining jinoyat ishlarini yuritish bo‘yicha so‘rovlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanishi ochiqlandi; 
sovet davrida unutilib ketgan el fuqarolarining ismi-sharifini tiklash, ularning xalqimiz oldidagi xizmatini, Qoraqalpog‘istonning yangi tarixida davlat arboblariga bag‘ishlangan sahifalaridagi bo‘shliqlar to‘ldirildi;
mustaqillik yillarida sir saqlanib kelgan arxiv eshiklari ochilishi natijasida unda saqlanayotgan tarixiy manbalarni chuqur va xalqimizning sovet davridagi tarixini xolisona o‘rganishga katta imkoniyat yaratildi shuningdek ota-bobolarimiz boshidan kechirgan og‘ir qiyinchiliklar, nizolar, talon-tarojliklarni to‘g‘ri baholash kabi vazifalar ochiqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining qatag‘onlik siyosati” mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qoraqalpogistonda 1917-1922-yillarda o‘tkazilgan dastlabki qatag‘onlik siyosati natijasida mustabid tuzumga qarshi qoraqalpoq xalqining etuk namoyandalari Ubaydulla Bao‘etdinov, Qutlimurod biy, Inoyat bo‘lis Niyozov, Ibrohim Adilov, Seytnazar Pirnazarov va boshqalarning faoliyatlari holisona yoritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ma’rifiy tadbirlar tayyorlashda va “Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining qatag‘on siyosati” mavzusidagi ekspozision rejalarini tuzishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2025-yil 31-oktyabrdagi 340-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarga sovet hokimiyatining Qoraqalpog‘istonda olib borgan qatag‘on siyosati va uning oqibatlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘istondagi qatag‘on jarayonlari umumittifoq tendensiyalari bilan umumiy xususiyatlarga egaligi va 1930-yillardagi qatag‘onlik siyosatida mahalliy organlar emas, balki markaziy sud va tergov organlari alohida rol o‘ynaganligi, mahalliy organlar tomonidan chiqarilgan hukmlar soni ozligi Markazga qaramlik NKVD mahalliy organlarining jinoyat ishlarini yuritish bo‘yicha so‘rovlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston tarixi bo‘yicha o‘quv kurslari takomillashtirish jarayonida ilmiy material sifatida foydalanish, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ta’lim muassasalari faoliyatida qo‘llash maqsadida amaliyotga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 31-oktyabrdagi №AA-03/3261-son ma’lumotnomasi). Xududiy Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan;
sovet davrida unutilib ketgan el fuqarolarining ismi-sharifini tiklash, ularning xalqimiz oldidagi xizmatini, Qoraqalpog‘istonning yangi tarixida davlat arboblariga bag‘ishlangan sahifalaridagi materiallar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali”ning “Ulkemiz boylap”, “Miyras” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarda rubrikalar tashkil etishda foydalanilgan (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” DMning 2025-yil 9-dekabrdagi №05-22/713-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga sovet hukumatining Qoraqalpog‘istondagi qatag‘on siyosati va uning xususiyatlari, ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlar taqdim etildi;
mustaqillik yillarida sir saqlanib kelgan arxiv eshiklari ochilishi natijasida unda saqlanayotgan tarixiy manbalarni chuqur va xalqimizning sovet davridagi tarixini xolisona o‘rganishga katta imkoniyat yaratildi shuningdek ota-bobolarimiz boshidan kechirgan og‘ir qiyinchiliklar, nizolar, talon-tarojliklarni to‘g‘ri baholash kabi vazifalar ichiqlanishiga oid materiallar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali”ning “Ulkemiz boylap”, “Miyras” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarda rubrikalar tashkil etishda foydalanilgan (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” DMning 2025-yil 9-dekabrdagi №05-22/713-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘istondagi qatag‘on siyosati va uning xususiyatlari, ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keng jamoatchilikka yetkazishda amaliy ahamiyat kasb etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish