Ktaybekov Salamat Maman-ulining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar transformatsiyasi Buyuk ipak yo‘li tarixi kontekstida, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar 2052
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Xujamurodov Umarjon Rustamovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsenti.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiya bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorligini turli xronologik davrlarda Buyuk Ipak yo‘li tarixi kontekstida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy, ma'naviy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar juda qadimiy davrlarda shakllana boshlagan va bu jarayonga Buyuk Ipak yo‘lining karvon yo‘llari muhim hissa qo‘shgan. Ushbu yo‘lning eng oxirigi nuqtasi Yaponiyaning qadimiy poytaxti Nara bo‘lib, u erdagi Xoryudzi, Todaydzi, Shosoin, Fukinoki kabi maqbaralarda so‘g‘diy qo‘l ishlari va artefaktlar saqlanmoqda. So‘g‘diy savdogarlar va buddaviy missionerlarning Yaponiya bilan aloqalarni rivojlantirishda va O‘zbekiston xalqlarining an’anaviy madaniyati elementlarining tarqalishida muhim rol o‘ynagani dalillandi;
O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarda muhim bosqich Xubilay xon (birinchi Yuan sulolasi hukmdori) davriga to‘g‘ri keladi. U dastlab 1274-yilda va keyinchalik 1281-yillarda Yaponiyani bosib olish uchun bir qator urinishlar qilgan. Uning qo‘shinlari tarkibida yapon orollariga qo‘ngan turkiy qabilalar – qarluqlar, qang‘lilar, qipchoqlar, uyg‘urlar, shuningdek, bir qator tadqiqotchilar tomonidan turkiylar qatoriga kiritilgan jalayirlar va naymanlar bo‘lganligi dalillandi;
O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga avvalo iqtisodiy (Ipak yo‘lining faoliyati, so‘g‘diy va turkiy savdogarlar faoliyati) va siyosiy (arab va mo‘g‘ul bosqinlari, Xitoyda sulolalar almashinuvi) omillar muhim ta'sir ko‘rsatgan. Bu omillarning Yaponiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari va xususan O‘zbekistonga nisbatan strategik diplomatiyasining bir qator bosqichlari ajratib ko‘rsatildi; 
Ikki tomonlama hamkorlikning 30 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston turizm sohasida Yaponiya sayyohlari uchun asosiy jalb qiluvchi yo‘nalishlar: buddaviy umumiy meros bilan bog‘liq (O‘zbekiston janubi), temuriylar merosi (Samarqand – Shahrisabz), O‘zbekiston tarixi (Samarqand–Buxoro–Xiva) ishlab chiqilishi va shuningdek, yaponiyalik yirik olim Kyudzo Katoning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni alohida ko‘rsatib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar transformatsiyasi Buyuk ipak yo‘li tarixi kontekstida mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalari bir qator davlat muassasalarining amaliy faoliyatiga joriy etildi hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanildi: 
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy, ma'naviy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar juda qadimiy davrlarda shakllana boshlagan va bu jarayonga Buyuk Ipak yo‘lining karvon yo‘llari muhim hissa qo‘shgan. Ushbu yo‘lning eng oxirigi nuqtasi Yaponiyaning qadimiy poytaxti Nara bo‘lib, u erdagi Xoryudzi, Todaydzi, Shosoin, Fukinoki kabi maqbaralarda so‘g‘diy qo‘l ishlari va artefaktlar saqlanmoqda. So‘g‘diy savdogarlar va buddaviy missionerlarning Yaponiya bilan aloqalarni rivojlantirishda va O‘zbekiston xalqlarining an’anaviy madaniyati elementlarining tarqalishida muhim rol o‘ynagani haqidagi ilmiy xulosalar Yaponiyaning “Ipak yo‘li diplomatiyasi” konsepsiyasi doirasida shakllangan tashqi siyosiy yondashuvlarni tahlil qilishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanish markazining 2025-yil 2-dekabrdagi 584-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati yo‘nalishlarini yoritishda tarixiy va konseptual asoslarni mustahkamlash imkonini berdi;
O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarda muhim bosqich Xubilay xon (birinchi Yuan sulolasi hukmdori) davriga to‘g‘ri keladi. U dastlab 1274-yilda va keyinchalik 1281-yillarda Yaponiyani bosib olish uchun bir qator urinishlar qilgan. Uning qo‘shinlari tarkibida yapon orollariga qo‘ngan turkiy qabilalar – qarluqlar, qang‘lilar, qipchoqlar, uyg‘urlar, shuningdek, bir qator tadqiqotchilar tomonidan turkiylar qatoriga kiritilgan jalayirlar va naymanlar bo‘lganligi to‘g‘risidagi  ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Haqiqat chorrahalarida” ko‘rsatuvlar turkumi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-iyundagi 02-30-1003-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarining O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi qadimiy tarixiy aloqalar haqidagi bilimlari kengaydi;
O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga avvalo iqtisodiy (Ipak yo‘lining faoliyati, so‘g‘diy va turkiy savdogarlar faoliyati) va siyosiy (arab va mo‘g‘ul bosqinlari, Xitoyda sulolalar almashinuvi) omillar muhim ta'sir ko‘rsatgan. Bu omillarning Yaponiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari va xususan O‘zbekistonga nisbatan strategik diplomatiyasining bir qator bosqichlari ajratib ko‘rsatildi to‘g‘risidagi yangi yondashuvlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining Yaponiya bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy, madaniy va turistik faoliyatida samarali qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 17-dekabrdagi 03-17/561-son ma’lumotnoma). Natijada, Turizm qo‘mitasining targ‘ibot va axborot-ma’rifiy faoliyatida keng qo‘llanilib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy va turistik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi;
Ikki tomonlama hamkorlikning 30 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston turizm sohasida Yaponiya sayyohlari uchun asosiy jalb qiluvchi yo‘nalishlar: buddaviy umumiy meros bilan bog‘liq (O‘zbekiston janubi), temuriylar merosi (Samarqand – Shahrisabz), O‘zbekiston tarixi (Samarqand–Buxoro–Xiva) ishlab chiqilishi va shuningdek, yaponiyalik yirik olim Kyudzo Katoning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni alohida ko‘rsatib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Haqiqat chorrahalarida” ko‘rsatuvlar turkumi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-iyundagi 02-30-1003-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi diplomatic munosabatlar tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka yetkazishda, shuningdek, tarixiy-madaniy bilimlarni chuqurlashtirishda keng qo‘llaniladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish