Qobilov Muxammad Ayubxon Yusufjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5419
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonbekova Moxichexra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Nozima Normat qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda banklarning moliyaviy xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inflyasiyaning kapital rentabelligiga qisqa muddatda “rentabellik pufagi” orqali ijobiy, uzoq muddatda esa salbiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda, bank moliyaviy xavfsizligining barqaror davriyligini ta’minlashga qaratilgan yondashuv asoslab berilgan;
boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar stress-inqiroz sharoitida 20 foizgacha qisqarishi ehtimoli hisobga olinib, kapital etarliligini samarali boshqarish orqali banklarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi asoslab berilgan;
qisqa muddatda qimmatli qog‘ozlar va ularga qilingan investisiyalarni, uzoq muddatda esa kredit va lizing operasiyalari qisqarishining oldini olish orqali 1-darajali kapital etarliligi koeffisientining moliyaviy xavfsizligini saqlab qolish taklif etilgan;
leveraj koeffisienti qayta tiklanish imkoniyatining vujudga kelishi mos ravishda aktiv va passivlarga yuqori bog‘liqligi asosida bankning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. banklarning moliyaviy xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ustuvorliklarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inflyasiyaning kapital rentabelligiga qisqa muddatda “rentabellik pufagi” orqali ijobiy, uzoq muddatda esa salbiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda, bank moliyaviy xavfsizligining barqaror davriyligini ta’minlashga qaratilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5877-son Farmonining 2-ilovasi 10-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2025-yil 5-iyundagi 03-07/12701-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank kapitali rentabelligi 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 2,8 foizga oshdi.
boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar stress-inqiroz sharoitida 20 foizgacha qisqarishi ehtimoli hisobga olinib, kapital etarliligini samarali boshqarish orqali banklarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5877-son Farmonining 2-ilovasi 10-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2025-yil 5-iyundagi 03-07/12701-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank regulyativ kapitali hajmi 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 1,4 trln. so‘mga yoki 112 foizga oshdi.
qisqa muddatda qimmatli qog‘ozlar va ularga qilingan investisiyalarni 30 foizga va uzoq muddatda kredit va lizing operasiyalarini 25 foizdan ko‘p qisqarishining oldini olish orqali 1-darajali kapital etarliligi koeffisientining moliyaviy xavfsizligini saqlab qolish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5877-son Farmonining 2-ilovasi 10-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2025-yil 5-iyundagi 03-07/12701-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank 1-darajali kapitali hajmi 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 856,7 mlrd. so‘mga yoki 111 foizga oshdi.
leveraj koeffisienti qayta tiklanish imkoniyatining 28 va 11 foiz darajada vujudga kelishi mos ravishda aktiv va passivlarga yuqori bog‘liqligi asosida bankning moliyaviy xavfsizligi leverajga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langanligi asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 5992-son farmonining 2-ilovasi 31-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qildi (“O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ATBning 2025-yil 5-iyundagi 03-07/12701-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank aktivlari hajmi 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 12,9 trln. so‘mga yoki 117 foizga oshdi.