Umarov Bexzod Turg‘unpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka saralash mashinasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T614.
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Payziev G‘aybullo Qodirovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshka tuganaklarini tashqi o‘lchamlariga ko‘ra, bir nechta fraksiyalarga ajratish uchun mo‘ljallangan takomillashgan saralash yuzasiga va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan saralash mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasmalar orasidagi masofani sozlovchi mexanizmga hamda tasmalararo farqli tezlikka ega bo‘lgan, kartoshkani kam shikastlaydigan energiya va resurs tejamkor saralash mashinasining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
saralash mashinasining ishchi yuzasini tashkil etadigan tasmalarning tezliklari turlicha bo‘lishini inobatga olgan holda kartoshka tuganaklarining saralash yuzasidagi harakatini ifodalaydigan matematik model` ishlab chiqilgan;
saralash jarayonida kartoshka tuganaklarining geometrik o‘lchamlarini hisobga olgan holda ularning murakkab harakatini ta’minlaydigan tasmalar tezliklari farqining maqbul qiymatini aniqlash imkonini beradigan matematik ifoda ishlab chiqilgan;
kartoshkaning turli navlarida tuganaklarning geometrik shakllari va o‘lcham-massa ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda saralash mashinasining aniqlik darajasini ta’minlaydigan konstruktiv hamda kinematik parametrlarini aniqlash uchun analitik echimlar (matematik tenglamalar) olingan;
kartoshka tuganaklarini saralaydigan mashina ishchi qismlarining maqbul parametrlari ularni ish sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni sekin va tez harakatlanadigan tasmalar tezliklari hamda tasmalar orasidagi burchak o‘zgarishini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalarda olingan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshka saralash mashinasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kartoshkani kam shikastlaydigan energiya va resurs tejamkor saralash mashinasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Saralash mashinasi», №FAP 01241-2017 y.). Natijada kartoshkani aniq saralaydigan saralash mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kartoshka saralash mashinasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi «Ismoil Nozimobod Fayz» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/023-245-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka hosilini saralashga sarflanadigan vaqt qo‘lda saralaganga nisbatan 10 barobar kamaygan, saralash aniqligi ortgan, shuningdek 10 tonna kartoshka hosilini saralashda 1000000 so‘m mablag‘ tejab qolingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish