Mamaraximov Bunyod Ikramovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning birlamchi urug‘chiligini takomillashtirish», 06.01.05–«Seleksiya va urug‘chilik» ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx114

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kozubaev Shuhrat Sattardjanovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.

Rasmiy opponentlar: A.A.Narimanov, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; S.M.Rizaeva, biologiya fanlari doktori, professor; R.I.Siddiqov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi. g‘o‘zaning birlamchi, superelita va elita urug‘larini etishtirish uslublarini qiyosiy baholash, hamda ma’lumotlarga kompyuter dasturi yordamida ishlov berish orqali original urug‘larni etishtirish uslublarini takomillashtirishdan iborat.

   III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. g‘o‘za  navlarining original urug‘larini qayta etishtirishda o‘zidan changlatish orqali yakka tanlashlarning afzalligi aniqlangan va mavjud yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritilgan;

seleksion navning oilalari va yakka tanlov namunalarini ishonchli tarzda baholashda uchinchi marotaba dala ko‘rigi o‘tkazishning samaradorligi ilmiy asoslab berilgan va elita xo‘jaliklariga joriy etilgan, rayonlashgan va yangi g‘o‘za navlarining original urug‘ligini etishtirishda modal tanlov uslubining samaradorligi aniqlangan;

ilk bor urug‘chilikda dala ko‘riklarini o‘tkazishda amalda qo‘llaniladigan morfologik belgilarga qo‘shimcha mezonlar kiritish orqali oilalar va o‘simliklarni brakka chiqarish uslubi takomillashtirilgan va birlamchi urug‘chilik ishlariga tatbiq etilgan;

I va II-yilgi urug‘lik ko‘chatzorlaridan terilgan yakka tanlov va oilaviy terim namunalari tolasini HVI tizimida baholash uchun sinov namunasini olish uslubi ishlab chiqilgan;

birinchi marta urug‘lik maydonlarda navlarni identifikatsiyalash, sertifikatsiyalash hamda inspeksion nazorat o‘tkazishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;

g‘o‘zaning 8, 10, 12-hosil shoxlaridan umumiy paxta hosilining 50-60-70% gacha jamg‘arilishi terilgan urug‘lik paxtaning navdorligiga va sifatiga ta’sir etmasligi va urug‘ning tannarxini kamaytirish mumkinligi isbotlangan;

yuqori unuvchanlikka ega urug‘likni ajratib olish uchun chigitning nam shimish ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligini minimal darajasini inobatga olgan holda saralovchi mashinalarga me’yor o‘rnatish isbotlangan;

elita ashyolarining ko‘plab laboratoriya tahlillarini statistik qayta ishlash asosida brakka chiqarish, tanlash, original urug‘larni tezkor va ishonchli baholash imkoniyatini beruvchi «Elita» kompyuter dasturi ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Respublikadagi mavjud 80 ta elita-urug‘chilik xo‘jaliklarida III-dala ko‘rigini o‘tkazish joriy qilindi. Elita xo‘jaliklarida «Rayonlashgan va yangi g‘o‘za navlarining original urug‘larini etishtirish usuli» hamda «Elita» kompyuter dasturining joriy etilishi natijasida yillik iqtisodiy samara 100 mln. so‘mni tashkil etdi.

Tadqiqot natijalaridan ishlab chiqilgan «modal tanlovi» uslubi orqali original urug‘larni etishtirishda g‘o‘zaning kechpishar navlarida umumiy hosilga nisbatan 50 foiz, o‘rtapishar navlarda 60 foiz va tezpishar navlarda esa 70 foiz urug‘lik paxta terib olish joriy etildi. Bunda, o‘rtacha 15 foiz ortiqcha urug‘lik jamg‘arilishi, urug‘lik maydonlarining 20 ming gektarga qisqartirishi va ushbu maydonlardan 20-21 ming tonna texnik chigit jamg‘arilishi imkoni yaratildi va iqtisod qilingan texnik chigitni sotish hisobidan iqtisodiy samara o‘rtacha 4,8  mlrd. so‘mni tashkil etdi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 16.11.2015 yil № 02/37-924-son ma’lumotnoma).

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish