Yunusov Oybek Baxodirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi sharoitida mangold (Beta vulgaris subsp. vulgaris) etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.06 – sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1474
Ilmiy rahbar: Akramov Umidilla Ikramdjanovich, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Abdigapbarov Azamat Saymbetovich. qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mangold nav namunalarining qimmatli xo’jalik belgilarini tadqiq etish hamda etishtirishning ayrim elementlaridan ekish muddati va sxemalarini ishlab chiqish hisoblandi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Farg‘ona vodiysi tuproq-iqlim sharoitiga 17 ta mangold nav namunalarini introduksiya qilinib, “Brazilskiy” (61 kun), “Aliy” (64 kun) va “Arjentata” (66 kun) navlari – ertapishar, “Belovinka”, “Lukullus” va “Serebristiy” (78 kun), “Zeleniy” (79 kun) navlari – kechpisharligi ilmiy asoslangan;
Farg‘ona vodiysi tuproq-iqlim sharoitiga mangold nav namunalaridan 25,7-31,7 % yuqori barg hosili va bir tupda ko‘p sonli (19,8-23,8 %) barglar “Raduga”, “Brazilskiy” va “Krasavisa” navlarida shakillanishi aniqlangan;
mangoldni 31,8-63,0 % yuqori barg hosildorligi fevral oyining ikkinchi o‘n kunligidan mart oyining birinchi o‘n kunligigacha ekish maqbul muddati ekanligi isbotlangan;
ikki qatorli lentasimon usulida o‘simliklar oralig‘i 15 sm sxemasida ekish orqali mangolddan 73,6 % yuqori tovarbop barg hosilini etishtirilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi sharoitida mangold (Beta vulgaris subsp. vulgaris) etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish boyicha tadqiqotlar natijasida:
“Mangoldning barg mahsulotini etishtirishga turli ekish muddat va sxemalarini ta’siri aniqlash” va “Erta bahorgi ekinda etishtirishga mos mangold (Beta vulgaris subsp. vulgaris) navlarini tanlash” nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/06-04-896-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma sabzavot etishtirishga qiziquvchi dehqon va fermer xo‘jaligi egalari, tomorqa xo‘jaliklari egalari hamda keng o‘quvchilar ommasi uchun uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
mangold o‘simligini etishtirishda ekish sxemalarini belgilash ishlanmasi Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi “Mamadkarim, Ibroxim” fermer xo‘jaligining 0,6 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/06-04-896-son ma’lumotnomasi). Natijada, mangold navlarining etishrishdan yuqori sof daromad va rentabellik Andijon viloyatida – “Raduga” (122,8 mln. so‘m; 274,8 %), “Brazilskiy” (116,2 mln. so‘m; 262,0 %), “Krasavisa” (112,4 mln. so‘m; 254,6%) navlarida yuqori sifatli mahsuloti olishga erishilgan.
mangold o‘simligini etishtirishda urug‘ ekish muddatlari va ekish sxemalarini belgilash ishlanmasi Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani “Vastochnik aramat” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 0,6 gektar hamda Namangan viloyati Pop tumanidagi “Samijon, Dilshod, Otajon” fermer xo‘jaligining 0,6 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/06-04-896-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona viloyatida – “Raduga” (130,4 mln. so‘m; 289,2 %), “Brazilskiy” (119,5 mln. so‘m; 268,4 %), “Krasavisa” (118,1 mln. so‘m; 265,7 %) navlarida, shuningdek, Namangan viloyatida – “Raduga” (126,1 mln. so‘m; 281,0 %), “Brazilskiy” (123,8 mln. so‘m; 276,6 %) va “Krasavisa” (120,4 mln. so‘m; 270,2 %) navlarida yuqori sifatli mahsuloti olishga erishilgan.