Xatamova Xamidaxon Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyati sharoitida shaftoli (Persisa vulgaris Mill.) navlarining agrobiologik xususiyatlari va ko’chat etishtirishning ayrim elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1537
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor, Xojiev Sanjar Samadovich. qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitida shaftolining mahalliy va introduksiya qilingan navlarining agrobiologik xususiyatlarini o‘rganish asosida yuqori hosildor navlarni tanlash, shaftoli ko‘chatlarini etishtirish uchun intensiv tipdagi samarali payvandtaglarni aniqlash hamda yuqori standartli ko‘chat etishtirishda payvandtag qalamchalarini maqbul ekish sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor, shaftolining 16 ta mahalliy va introduksiya qilingan navlarini qimmatli xo‘jalik belgilari asosida  yirik mevali tukli “Sharq” (168,4 g), “Rome Star” (163,5 g), “Chempion (156,7 g)”, “Monalu” (146,0 g) hamda tuksiz “Muyassar” (147,0 g), “Malinoviy (136,2 g)”, “Shirin magiz” (105,9 g) navlari ajratib olingan;
Andijon viloyati sharoitida shaftolidan yuqori hosil olishda tukli “Monalu” (254,9 s/ga), “Rome Star” (253,0 s/ga), “Chempion” (252,0 s/ga) va tuksiz “Muyassar” (244,4 s/ga), “Lyuchak ranniy” (244,2 s/ga), “Shirin magiz” (196,8 s/ga) navlari tanlangan;
shaftolini “VSV-1” (30,7 ming dona), “VVA-1” (29,3 ming dona), “GF-677” (28,9 ming dona) va “Mirobalan” (27,2 ming dona) tipidagi payvandtaglardan yuqori standart ko’chat chiqishi aniqlangan;
I- va II-navli standart ko’chatlarini etishtirishda maydon birligiga shaftoli payvandtaglari qalamchalarini 70×25 sm sxemasida (49,5 ming dona) ekish maqbul ekanligi isbotlangan;
maydon birligidan eng yuqori sof daromad va rentabellik VSV-1 payvandtagida shaftoli ko‘chatlarini etishtirishda (243,5 mln. so‘m; 383,8 %) hamda 70×25 sm ekish sxemasida (415,7 mln. so‘m; 523,9 %) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati sharoitida shaftoli (Persica vulgaris Mill.) navlarining agrobiologik xususiyatlari va ko‘chat etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijasida:
“Andijon viloyati sharoitida shaftoli (Persica vulgaris Mill.) navlarining agrobiologik xususiyatlari va ko‘chat etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/06-04-787-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma shaftoli mevalarini etishtirishga qiziquvchi dehqon va fermer xo‘jaligi egalari, tomorqa xo‘jaliklari egalari uchun uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
shaftolining tukli va tuksiz navlaridan bog‘ barpo etish ishlanmasi Andijon viloyati Shaxrixon tumanidagi “Po‘lat Abdumannob” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, “Gullagan anor bog‘i” fermer xo‘jaligining 2,0 gektar, “Axmadbek” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, “No‘monjon sara mevasi” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, Buloqboshi tumanidagi “Po‘lat Abdumannob” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, Paxtaobod tumanidagi “Bog‘i vafo” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, jami 25,0 gektar maydonlarida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/06-04-787-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori hosildorlik tukli shaftolining “Monalu” (250,4 s/ga), “Rome Star” (251,3 s/ga), “Chempion” (250,6 s/ga) navlaridan, tuksiz shaftolining “Muyassar” (240,2 s/ga), “Lyuchak ranniy” (242,5 s/ga), “Shirin magiz” (190,1 s/ga) navlaridan olingan, shuningdek, shaftolining “Monalu” (153,6 mln. so‘m), “Rome Star” (182,2 mln. so‘m), “Chempion” (208,7 mln. so‘m), “Muyassar” (150,2 mln. so‘m), “Lyuchak ranniy” (125,8 mln. so‘m), “Shirin magiz” (130,5 mln. so‘m) navlaridan yuqori daromad olishga erishilgan;
shaftolining “Chempion” navini turli tipdagi payvandtaglarga payvandlash asosida standart ko‘chatlarni etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Bog‘i vafo” fermer xo‘jaligining 2,0 gektar, Izboskan tumanidagi Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasining 2,0 gektar, jami 4,0 gektar maydonlarida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi 05/06-04-787-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori standart ko‘chatlar “VSV-1” (31,5 ming dona), “VVA-1” (29,4 ming dona), “GF-677” (30,2 ming dona), “Mirobalan” (28,7 ming dona) payvandtaglarda chiqishi hamda maydon birligidan “VSV-1” (251,5 mln. so‘m), “VVA-1” (230,6 mln. so‘m), “GF-677” (238,5 mln. so‘m), “Mirobalan” (223,6 mln. so‘m) payvandtaglardan yuqori daromad olish mumkinligi ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish