Rasulov Maratbek Baydullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning (Glycine max. L) jahon genofondi asosida ertapishar va hosildor yangi navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1517.
Ilmiy rahbar: Amanov Amir, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: soyaning Zarbuloq navi (NAP 00434).
II. Tadqiqotning maqsadi soyaning jahon genofondi nav va namunalarining qimmatli xo‘jalik belgi hamda xususiyatlarini o‘rganish, baholash asosida tanlab olingan boshlang‘ich manbalarni seleksiya jarayoniga tadbiq etish orqali, sug‘oriladigan sharoitlarga mos ertapishar, yuqori hosildorlik hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ega yangi navini yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor soyaning jahon genofondi namunalaridan analitik seleksiya usuli bilan ajratib olingan seleksion oilalarda ko‘p martali tanlash asosida bir nechta belgilar majmui bo‘yicha barqaror populyasiyalardan tarkib topgan istiqbolli tizmalar yaratish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
tanlab olingan namunalarda don sifati ko‘rsatkichlarining standart og‘ish qiymatlari va variatsiya koeffisienti past bo‘lib, yillar kesimida oqsil miqdorining o‘zgaruvchanligi nisbatan barqarorlikni ko‘rsatgan va bu belgi ko‘proq genetik nazorat ostida bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida kuchli o‘zgarishga uchramasligi aniqlangan;
tanlab olingan barqaror ko‘rsatkichli L-125 tizmasida bir necha avlod populyasiyalari ustida olib borilgan maqsadli ko‘p martali tanlash uslubi asosida 88-90 kunda pishib etiladigan, hosildorligi 37,3 s/ga, donidagi oqsil miqdori 41,6% va moy miqdori 25,7% bo‘lgan “Zarbuloq” navi yaratilgan va uning yangiligi tasdiqlangan holda Intellektual mulk agentligi tomonidan NAP 00434 raqamli patent olingan;
soyaning “Zarbuloq” navi urug‘larin ko‘paytirish davomida morfologik belgilarining bir xilligi, xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi hamda tanlovlar asosida keyingi avlodlarda saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soyaning jahon genofondi asosida ertapishar va hosildor yangi navini yaratish borasidagi tadqiqotlar natijasida:
sug‘oriladigan maydonlar uchun ertapishar, hosildorligi va urug‘ moydorligi yuqori, pishib etilganda chatnab ketishga chidamli bo‘lgan soyaning “Zarbuloq” navi yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual Mulk agentligi tomonidan №NAP 00434 raqamli patent olingan va yaratilgan Qishloq xo‘jaligi navlarini sinash markaziga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-645-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur nav respublikamizning Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarining sug‘oriladigan maydonlariga ekish uchun tavsiya etilgan va 2023-yildan Namangan viloyati uchun Davlat reestriga kiritilgan;
soyaning “Zarbuloq” navi Toshkent viloyati bo‘yicha jami 116 gektar, shundan O‘rta Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 35 gektar, Yuqori Chirchiq tumani “Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish markazi” MChJda 29 gektar, “Jonibek A” fermer xo‘jaligida 26 gektar, Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasida 26 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-645-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat bo‘yicha o‘rtacha don hosildorligi 27,8-29,2 s/ga ni tashkil etib, nazorat navga nisbatan 6,1-8,1 s/ga qo‘shimcha hosil olingan holda, rentabellik 74,6-88,3 foizni tashkil etgan;
soyaning “Zarbuloq” navi 2023-2024 yillar davomida Namangan viloyati Chust tumanida jami 56 gektar maydonda, shundan “Chust Nozanin” fermer xo‘jaligida 26 gektar, "Xolboev Ulug‘bek" fermer xo‘jaligida 30 gektar maydondga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-645-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha don hosildorligi 28,2-29,2 s/ga ni tashkil etib, nazorat navga nisbatan 6,3-7,6 s/ga yuqori hosil olingan va rentabellik darajasini 79,8-87,5 foizga etishiga erishilgan;
soyaning “Zarbuloq” navi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutidagi “Milliy genbank” ga soya genofondini boyitish, hozirgi va kelajak avlod uchun kafolatli saqlash hamda amaliy seleksiya jarayonida foydalanilgan uchun topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/04-04-645-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav k-237 katalog raqami bilan ro‘yxatga olingan va "Milliy genbank" ni ertapishar, hosildorligi va urug‘ moydorligi yuqori, pishib etilganda chatnab ketishga chidamli bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan hamda seleksiya tadqiqotlarida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish