Mamatalieva Surayyo Bobomuratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Turonda shishasozlikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi (mil. avv. 2-mingyillik – milodiy 13-yuzyillik boshlari)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD / Tar1561
Ilmiy rahbar: Shapulat Bazarovich Shaydullaev, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.05/2025.27.12.Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Azimxo‘ja Muzaffarovich Ataxodjaev, tarix fanlari doktori, professor; 
Surat Shavkatovich Kubaev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turon – Turkiston xalqlarining bronza davridan 13-yuzyillik boshlarigacha bo‘lgan davr mobaynida shishasozlik sohasining texnologik taraqqiyoti, Turon – Turkiston shishasozligining geografiyasini yoritish, shu hudud xalqlarining madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida shishaning o‘rnini ko‘rsatish, shishasozlikning rivojlanish suratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qadimgi Sharqda kamyob va qimmat bo‘lgan, faqat boylar tomonidan foydalanilgan Turon lazuritining arzon muqobili sifatida kashf qilingan shisha oddiy va o‘rtahol aholining zargarlik taqinchoqlariga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirganligi, ma’naviy qarashlarida narigi dunyo haqidagi tasavvurlari bilan bog‘liq (buyumlar narigi dunyoda ishlatiladi deb hisoblangan) holda marhumlar bilan birga qabrlarga qo‘yilgani aniqlangan; 
O‘rta chog‘larda shisha tayyorlash sirlari ko‘plab ustalarga ma’lum bo‘lishi, kimyoviy xususiyatlari oydinlashgani, “kumush inqirozi”ning yuz berishi natijasida shisha yasovchi ustaxonalar soni birdan oshgani (44 ta shaharda) ustalarni ikki toifaga, birinchisi hukmron tabaqaga bezak buyumlari sifatida foydalanish uchun badiiy (zoolatrik va afsonaviy hayvonlar, o‘ymakorlik bilan bezatilgan, arab islimiy naqshlar tushirilgan) ishlov berib idish yasovchilarga va ikkinchisi o‘rtahol aholi uchun oddiy, sodda, bezatilmagan shisha idishlar yasovchi ustalarga ajragani aniqlangan; 
Tayyor shisha buyumlarni kerakli miqdorini etkazib berish, etkazish jarayonida saqlash qiyinchiliklari, sinish ehtimolining kattaligi sabab shahar tashqarisidagi ustaxonalarda xomashyo qaynatilib, shahar ichidagi ustaxonalarga yarim tayyor mahsulot (quyma, yombi shaklda) ko‘rinishida etkazib berilganligi sabab shishadan tayyor buyum yasovchi ustalar aksar holatlarda shaharlardagina faoliyat yuritganligi dalillangan;
Turkistonda shishasozlik ustaxonalari hududiy jihatdan mustaqil faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, asosiy farq xomashyoning kimyoviy tarkibida namoyon bo‘lib, ular tayyorlagan buyumlarning shakli, rangi va funksional vazifasi o‘zaro yaqin bo‘lganligi sababli mazkur hududda yagona texnologik va badiiy an’analarga tayangan maktab shakllanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qadimgi Sharqda kamyob va qimmat bo‘lgan, faqat boylar tomonidan foydalanilgan Turon lazuritining arzon muqobili sifatida kashf qilingan shisha oddiy va o‘rtahol aholining zargarlik taqinchoqlariga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirganligi, ma’naviy qarashlarida narigi dunyo haqidagi tasavvurlari bilan bog‘liq (buyumlar narigi dunyoda ishlatiladi deb hisoblangan) holda marhumlar bilan birga qabrlarga qo‘yilgani haqidagi ilmiy natijalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido, Moziydan sado, Xalq mulki” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 5-noyabrdagi 01-33/828 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar Turonda hunarmandchilikning shishasozlik tarmog‘i qadimiy asosga egaligini keng ommaga tushuntirib berishga xizmat qilgan. 
O‘rta chog‘larda shisha tayyorlash sirlari ko‘plab ustalarga ma’lum bo‘lishi, kimyoviy xususiyatlari oydinlashgani, “kumush inqirozi”ning yuz berishi natijasida shisha yasovchi ustaxonalar soni birdan oshgani (44 ta shaharda) ustalarni ikki toifaga, birinchisi hukmron tabaqaga bezak buyumlari sifatida foydalanish uchun badiiy (zoolatrik va afsonaviy hayvonlar, o‘ymakorlik bilan bezatilgan, arab islimiy naqshlar tushirilgan) ishlov berib idish yasovchilarga va ikkinchisi o‘rtahol aholi uchun oddiy, sodda, bezatilmagan shisha idishlar yasovchi ustalarga ajragani haqidagi ilmiy natijalari asosida tayyorlangan ma’lumotlardan “Toshkent shahridagi arxeologiya yodgorliklarining sonini aniqlash, haqiqiy holatini o‘rganish va xaritalashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasning 2025-yil 31-oktyabrdagi 3/1255-2639-sonli ma’lumotnomasi). Aniqlangan ma’lumotlar Turonda shishasozlik hunarmandchilikning muhim tarmog‘i sifatida qadimdan rivojlanib kelganligi va Toshkent shisha ishlab chiqarishning yirik markazlaridan biri ekanligini yoritib bergan.
Tayyor shisha buyumlarni kerakli miqdorini etkazib berish, etkazish jarayonida saqlash qiyinchiliklari, sinish ehtimolining kattaligi sabab shahar tashqarisidagi ustaxonalarda xomashyo qaynatilib, shahar ichidagi ustaxonalarga yarim tayyor mahsulot (quyma, yombi shaklda) ko‘rinishida etkazib berilganligi sabab shishadan tayyor buyum yasovchi ustalar aksar holatlarda shaharlardagina faoliyat yuritganligi, Turonda shishasozlik ustaxonalari ham ixtisoslashgan markazlarda ishlab chiqarilgani haqidagi ma’lumotlar Toshkent shahri arxeologik yodgorliklarini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasning 2025-yil 31-oktyabrdagi 3/1255-2639-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning boy madaniy merosini ilmiy dalillar asosida talqin qilishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish