Kubaev Sur’at Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Qadimgi Turon aholisining atrof-muhitga moslashuvida turarjoylarning o‘rni”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.06 – Arxeologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2026.2.DSc/Tar172
Ilmiy rahbar: Abdulhamidjon Anarbaev, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti DSc.05/2025.27.12.Tar.05.01.
Rasmiy opponentlar: Bahtiyor Qurbonovich Sayfullaev tarix fanlari doktori, professor;
Bahodir Eshov tarix fanlari doktori, professor.
Bobir Sobirovich G‘oibov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qadimgi Turon aholisining turli tabiiy muhitlarga moslashuv jarayonida turarjoy omilining tutgan o‘rnini va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi Turon tegrasida tosh davridan, 12 yuzyilliklarga qadar bo‘lgan davrga oid ochib o‘rganilgan turarjoylar ma’lumotlari qayta tahlil qilinib turarjoylarni birgina me’morchilik ko‘rsatkichi emas, balki kishilarning biror-bir muhitga, sharoitga moslashuvi va dunyoqarashini aks ettiruvchi vosita sifatida o‘rganishga yordam beruvchi bir necha bosqichli uslubiyat ishlab chiqildi;
Qirqxujra, Axsikent, Qanqa, Afrosiyob, Balandtepa, Xontepa va boshqa bir qancha yodgorliklar, tarixiy-me’moriy inshoatlarda olib borilgan arxeoseysmologik izlanishlar davomida to‘plangan tajribaga tayanilib, loy me’morchiligi ustuvor bo‘lgan tegralarda arxeoseysmologik izlanishlar olib borish bo‘yicha uslubiyat shakllantirildi, u bilan har qanday arxeologik, etnografik yoki biror-bir tarixiy manba ustidagi izlanishlar cho‘g‘ida o‘tmishda yuz bergan tektonik o‘zgarishlar va ularning oqibatlari tufayli kelib chiqqan iqlim o‘zgarishlarining kishilar turmushiga ta’siri to‘g‘risida xulosalar olish imkoni dalillandi;
Turon bo‘ylab olib borilgan arxeoseysmologik izlanishlar yozma manbalardagi bilgilar bilan solishtirilib, mil. old. 2-mingyillikdandan boshlab mil. 13-yuzyillikkacha qariyb 30 ta er silkinishining yuz bergan chog‘lariga oydinlik kiritildi hamda 5–6 yuzyilliklardagi yirik er silkinishlari tufayli ko‘pgina shaharlar yo‘q bo‘lgani, Afrosiyob, Qanqa, Axsikent kabilarning maydoni qisqargani, Erqo‘rg‘on, Qirqxujra kabi boshqalari esa to‘liq tashlab ketilgani, 9–12 yuzyilliklarga kelib 12 ta yirik er silkinishlari tufayli Qanqa, Axsikent, Poykend to‘liq tashlab ketilgani, Afrosiyob yangi erga ko‘chgani ilmiy tomondan asoslab berildi;
Turonning paleolitdan to milodning 13-yuzyilligigacha bo‘lgan chog‘larida kishilarning tabiatga moslashuvi ikki shaklda yuz bergan va birinchi shakli qisqa muddatli moslashuv - turarjoylarning rejaviy tuzilishdagi o‘zgarishlar (issiqlikni saqlash uchun ichma-ich rejaviy tuzilish, devorlarning qalinlashuvi), qayta tuzatishlar (er silkinishlaridan keyingi suvoqlar, kontroforslar, mudofaa devorlari yo‘laklarining to‘ldirilishi, qo‘shimcha sahnlar qurilishi) shaklida hamda ikkinchi shakl uzoq muddatli moslashuv - shahar, qishloqlarining nisbatan xavfsizroq erlarga ko‘chishi, yangi erlarni oʻzlashtirish kabi strategik moslashuvidan iboratligi ko‘rsatilib bu tizim alohida “Turon moslashuv yo‘sini (modeli)” ekanligi isbotlandi;
Arxeologik qazishmalarda kuzatilgan er silkinishlari va iqlim o‘zgarishlarining ta’sirini Narshaxiy, ibn Xavqal, ibn Asir, Yoqut, Sam’oniy kabi o‘rta chog‘ mualliflarining bilgilari bilan solishtirish orqali, ushbu tabiiy ofatlarning faqat me’morchilikda emas, balki sug‘orish tizimlarining buzilishi, aholining ko‘chishi, soliq tushumlarining kamayishi va hatto, davlat markazlarining o‘zgarishi kabi iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgani ilmiy asoslandi;
5–8 yuzyilliklarga Turon aholisi turarjoy barpo qilishda tabiiy ofatlarga qarshi seysmik xavflar va iqlim o‘zgarishlariga qarshi tura oladigan mos qolipli paxsa va xom g‘isht devorlarning innovatsion tarzda (qatorli, tik, ko‘ndalang, kontrforslar) terilish usulini, 9–12 yuzyilliklarda esa sinch devorlardan foydalanish orqali hamda harorat barqarorligini ta’minlash uchun tagxona–erto‘lalar, pol ostida qurilgan isitish qurilmalari, turli ko‘rinishdagi sandal va kanli pechlar, suv to‘plash va saqlash infratuzilmalarini xonadonga moslashtirish kabi usullarini ishlab chiqqani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qadimgi Turon tegrasidagi eng qadimdan yuzaga kelgan turarjoylarni o‘rganishda bir necha bosqichli o‘rganish uslubiyati ishlab chiqilib, u orqali shu choqqacha ochilgan turarjoylarni yangidan tahlil qilish va bunda turarjoylar birgina me’morchilik ko‘rsatkichi emas, balki kishilarning biror-bir muhitga moslashuvi va dunyoqarashini aks ettiruvchi vosita o‘laroq qarash kerakligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida berilgan “Ibtido”, “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (2025-yilning 30-iyunidagi 01-33/494-sonli ma’lumotnomasi).
Arxeologik qazishmalar orqali oydinlashgan er silkinishlari va iqlim o‘zgarishlarining ta’sirini Narshaxiy, ibn Xavqal, ibn Asir, Yoqut, Sam’oniy kabi o‘rta chog‘ mualliflarining bilgilari bilan solishtirish orqali, ushbu tabiiy ofatlarning faqat me’morchilikda emas, balki sug‘orish tizimlarining buzilishi, aholining ko‘chishi, soliq tushumlarining ozayishi va hatto, davlat markazlarining o‘zgarishi kabi iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgani 2021-yilda bajarilgan “O‘zbekiston – jahon sivilizatsiyasi kesimida” loyihasi doirasida yaratilgan “O‘zbekiston – jahon sivilizatsiyasi kesimida” ilmiy-ommabop to‘plamining “O‘zbekiston hududida turarjoy qurilish madaniyati tarixi” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yil 8-iyuldagi 3/1255-1015-sonli ma’lumotnomasi).
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari arxeologik yodgorliklari (Qirqxujra, Axsikent, Balandtepa, Qanqa, Afrosiyob, Xontepa)dagi arxeoseysmologik izlanishlar ma’lumotlariga tayanilib, loy me’morchiligi ustuvor bo‘lgan tegralarda arxeoseysmologik izlanishlar bo‘yicha uslubiyat shakllantirildi, bu uslubiyat bilan har qanday arxeologik, etnografik yoki biror-bir tarixiy manba ustidagi izlanishlar davomida o‘tmishda yuz bergan tektonik o‘zgarishlar va ularning oqibatlaridan yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishlarining kishilar turmushiga ta’siri to‘g‘risida xulosalar olish bo‘yicha “O‘zbekiston tarixi” telekanalida berilgan “Ibtido”, “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (2025-yilning 30-iyunidagi 01-33/494-sonli ma’lumotnomasi).
Turon bo‘ylab olib borilgan arxeoseysmologik izlanishlar yozma manbalardagi bilgilar bilan solishtirilib, mil. old. 2-mingyillikdan boshlab mil. 13-yuzyillikkacha qariyb 30 ta er silkinishining yuz bergan chog‘lariga oydinlik kiritildi, buni 5–6 yuzyilliklardagi yirik er silkinishlari tufayli ko‘pgina shaharlar yo‘q bo‘lgani, Afrosiyob, Qanqa, Axsikent kabilarning maydoni qisqargani, Erqo‘rg‘on, Qirqxujra to‘liq tashlab ketilgani, 9–12 yuzyilliklarga kelib esa 12 ta yirik er silkinishlari tufayli Qanqa, Axsikent, Poykend to‘liq tashlab ketilgani, Afrosiyob yangi erga ko‘chgani to‘g‘risidagi bilgilardan 2021 yilda bajarilgan “O‘zbekiston – jahon sivilizatsiyasi kesimida” loyihasi doirasida yaratilgan “O‘zbekiston – jahon sivilizatsiyasi kesimida” ilmiy-ommabop to‘plamining “O‘zbekiston hududida turarjoy qurilish madaniyati tarixi” qismi yozilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2025-yil 8-iyuldagi 3/1255-1015-sonli ma’lumotnomasi).
Turon turarjoylari o‘rnagida paleolitdan to milodning 13-yuzyilligigacha kishilarning tabiatga moslashuvining “Turon moslashuv yo‘sini (modeli)” ishlab chiqilib, u turarjoylar rejaviy tuzilishdagi o‘zgarishlar (issiqlikni saqlash uchun ichma-ich rejaviy tuzilish, devorlarning qalinlashuvi), qayta tuzatishlar (er silkinishlaridan keyingi suvoqlar, kontroforslar, mudofaa devorlari yo‘laklarining to‘ldirilishi, qo‘shimcha sahn (stilobat)lar qurilishi)ni qamrab olgan qisqa muddatli moslashuv hamda shahar, qishloqlarining nisbatan xavfsizroq erlarga ko‘chishi kabi jarayonlarni ko‘rsatuvchi uzoq muddatli strategik moslashuvidan iborat ekanligi haqidagi xulosalar Madaniy meros agentligiga topshirib kelingan hisobotlarda aks etgan (2025-yilning 30-iyunidagi 01-33/494-sonli ma’lumotnomasi).
5–8 yuzyilliklarga doir turarjoylar qurilish tartiblari o‘rganilib, Turonda seysmik xavflar va iqlim o‘zgarishlariga mos qolipli paxsa va xom g‘isht devorlarning innovatsion tarzda (qatorli, tik, ko‘ndalang, kontrforslar) terilishi, 9–12 yuzyilliklarda esa sinch devorlar qurish orqali er silkinishiga chidamlilikka erishilgani hamda harorat barqarorligini ta’minlash uchun tagxona–erto‘lalar, pol ostida qurilgan isitish qurilmalari, turli ko‘rinishdagi sandal va kanli pechlar, suv to‘plash va saqlash infratuzilmalari yaratilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Turkiya Jumhuriyatining TRT AVAZ kanali tayyorlagan “Hayotbahsh nahrlar. Sirdaryo” qismini tayyorlashda foydalanilgan (TRT AVAZ kanali tomonidan berilgan ma’lumotnoma).