Jo‘raev Dilmurod Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarsih jarayonini optimallashtirish, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6291
  Ilmiy rahbar: Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Salomova Sarvinoz Salimovna. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.02.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Saitkamolov Muxammadxo‘dja Sobirxo‘dja o‘g‘li , iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Uktamov Xusniddin Faxriddinovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitekura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Uzkabel” AJ QK siga qarashli korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi texnologik, tashkiliy va iqtisodiy omillar “yagona tizim” sifatida asoslanib, korxonada optimallashtirish qarorlari qabul qilishning nazariy-uslubiy mezonlarini shakllantirining integral yondashuvi ishlab chiqilgan;
 “Uzkabel” AJ QK misolida ishlab chiqarish jarayonidagi samaradorlikni pasaytiruvchi omillar va yo‘qotishlarni bartaraf etishga qaratilgan, qiymat oqimi ma’lumotlari, operatsion va tashkiliy-iqtisodiy tashxis natijalarini izchil bog‘lovchi algoritm–mexanizm–model o‘zaro integratsiyasiga asoslangan ko‘p qatlamli kompleks ilmiy-amaliy model taklif etilgan;
“Uzkabel” AJ QKning iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishning A, B va C variantlari iqtisodiy va moliyaviy samaradorlik mezonlari asosida taqqoslama baholanib, resurslardan samarali foydalanish, tannarxni pasaytirish va foydalilik ko‘rsatkichlarining mutanosib o‘sishini ta’minlovchi optimal varianti taklif etilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarida, xususan Uzkabel AJ QK misolida, ishlab chiqarish jarayonida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini hisobga oluvchi ekonometrik model asosida korxonaning o‘rta muddatli rivojlanishini 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uzkabel AJ QK ning ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi texnologik, tashkiliy va iqtisodiy omillar “yagona tizim” sifatida asoslanib, korxonada optimallashtirish qarorlari qabul qilishning nazariy-uslubiy mezonlarini shakllantirining integral yondashuvi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. (“Uzkabel” AJ QK ning 2026- yil 26 martdagi 102/3 -sonli ma’lumotnomasi) Ushbu yondashuvni qo‘llash natijasida “Uzkabel” AJ QK ning ishlab chiqarishdagi yuklanishining mutanosibligi ta’minlanib, texnologik to‘xtashlar qisqarishidagi boshqaruv qarorlarni qabul qilish samaradorligi oshdi;
“Uzkabel” AJ QK misolida ishlab chiqarish jarayonidagi samaradorlikni pasaytiruvchi omillar va yo‘qotishlarni bartaraf etishga qaratilgan, qiymat oqimi ma’lumotlari, operatsion va tashkiliy-iqtisodiy tashxis natijalarini izchil bog‘lovchi algoritm–mexanizm–model o‘zaro integratsiyasiga asoslangan ko‘p qatlamli kompleks ilmiy-amaliy model taklif etilgan. (“Uzkabel” AJ QK ning 2026- yil 26 martdagi 102/3 -sonli ma’lumotnomasi) Mazkur algoritm–mexanizm–model qo‘llash natijasida korxonaning ishlab chiqarish samaradorligi 1,2–1,5 % ga oshdi va umumiy barqarorligini yaxshilandi
“Uzkabel” AJ QKning iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishning A, B va C variantlari iqtisodiy va moliyaviy samaradorlik mezonlari asosida taqqoslama baholanib, resurslardan samarali foydalanish, tannarxni pasaytirish va foydalilik ko‘rsatkichlarining mutanosib o‘sishini ta’minlovchi optimal varianti amaliyotga tatbiq etildi. (“Uzkabel” AJ QK ning 2026- yil   26 martdagi 102/3 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu baholash asosida korxona faoliyatidagi xatarlarni noto‘g‘ri baholash holatlari 1,6 % ga kamaydi;
elektrotexnika sanoati korxonalarida, xususan Uzkabel AJ QK misolida, ishlab chiqarish jarayonida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini hisobga oluvchi ekonometrik model asosida korxonaning o‘rta muddatli rivojlanishini 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish