Qo‘chqorov Sobirjon Karimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chizelli yumshatkich tekislagichining parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1203.
Ilmiy rahbar: Xushvaqtov Botir Voxidovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chizelli yumshatkich tekislagichining minimal energiya sarflangan holda talab darajasidagi ish sifatini ta’minlaydigan turi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tekislagich bilan jihozlangan chizelli-yumshatkichning konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni ishlab chiqilgan;
tekislagichning parametrlari uning tuproq bo‘laklari bilan ta’sirlashish vaqti va dala yuzasining tekislanish darajasini hisobga olgan holda aniqlangan;
tekislagichga beriladigan tik bosim kuchi chizelli yumshatkich tomonidan ishlov berilgan tuproq qatlamining talab darajasida zichlanishini ta’minlash sharti asosida aniqlangan;
ishlab chiqilgan tekislagichning maqbul parametrlari zichlovchi qismining o‘rnatilish burchagi va uzunligini, tekislovchi qismning egilish burchagini hamda unga beriladigan tik bosim kuchini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalarda olingan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chizelli yumshatkich tekislagichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tekislagich bilan jihozlangan chizelli yumshatkichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 24 sentyabrdagi 02/023-2564-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan tur va parametrlarga ega tekislagich bilan jihozlangan chizelli yumshatkichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
erlarni don va takroriy ekinlarni ekishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan tekislagich bilan jihozlangan chizelli yumshatkich Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 24 sentyabrdagi 02/023-2564-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tekislagich bilan jihozlangan chizelli yumshatkich qo‘llanilganda mehnat sarfi 25,3 foizga va bir gektar erga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar esa 21,9 foizga kamayishiga erishilgan.