Niyozov Abdunabi Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3769
Ilmiy rahbar: Urmonov Johongir Jaloliddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Azamat Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni faoliyatini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EIZ ishtirokchilari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyati davrida chetdan olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishini belgilovchi normalarni bekor qilish borasidagi taklifi asoslangan;
qulay investisiya muhitini yaratish maqsadida “Xalqaro kooperatsiya markazlari” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va markaz ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar berish taklif etilgan;
soliq to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimini majburiy tartibda joriy etish va elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatini birlashtirish taklifi berilgan;
xorijiy investisiya ishtirokidagi tadbirkorlik subektlari yuqori barqarorlik reytingining «AAA» toifasidagi tadbirkorlik subektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaslik asolangan va amaliyotda qo‘llanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etish bo‘yicha taklifi amaliyotga joriy etilgan;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash bo‘yicha masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibini joriy etish taklifi berilgan;
xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarda foyda solig‘i auditini o‘tkazishni tashkil etish va natijasini rasmiylashtirish bo‘yicha “Foyda solig‘ini audit tekshiruvidan o‘tkazish dasturi”i ishlab chiqilgan va soliq auditi o‘tkazish amaliyotiga joriy etilgan;
soliq tizimi va ma’murchiligini raqamlashtirish bo‘yicha yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to‘lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va xavflarni boshqarish, “katta ma’lumotlar”ni sun’iy intellekt asosida qayta ishlash va tahlil qilish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalaridan soliq auditida foydalanish bo‘yicha taklifi asoslangan.