Navruz-zoda Layli Baxtiyorovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. DSc/Iqt1075.
Ilmiy rahbar: Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12. I.08.03.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Muxitdinov Xudoyar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Askarov Nozimjon Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes subektlari raqobat ustunligini baholashda Sun’iy intellekt raqobatbardoshlik kompozit indeksi – CAIC (Composite Index of AI Competitiveness) ning hisob mexanizmi strategik bosqichlari (DI–IN–IT–IR–MT) hamda resurs taqsimoti – shartnomaviy vositalari bilan integrallashgan yagona tizim bo‘lishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini sun’iy intellekt vositalarida oshirish maqsadida qiymat yaratishning “resurslar integratsiyasi – hamkorlik – foyda – raqobatbardoshlik” zanjirini tizimli tahlil asosida dinamik qobiliyatlar yondashuvining sezish, egallash va qayta konfiguratsiyalash bosqichlarini uyg‘unlashtirgan mualliflik “Sensing–Seizing–Reconfiguring” (2SR) konseptual modeli ilmiy asoslangan;
kichik biznes subektlari va davlat tizimlari o‘rtasidagi axborot integratsiyasini takomillashtirish uchun API (Application Programming Interface) asosida axborot almashinuvi tezligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, ko‘p yo‘nalishli va o‘lchov ko‘rsatkichlariga tayanuvchi “sabab–oqibat–takomillashtirish” (SOK) zanjiri asosidagi tizimli yondashuv ilmiy asoslangan;
Buxoro viloyati misolida kichik sanoat va xizmat klasterlarini rivojlantirish orqali YHM tarkibida sanoat tarmog‘i ulushini 42–43% gacha hamda xizmatlar sohasi ulushini 45% dan ortiq darajaga etkazish asosida kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini hududlar miqyosida oshirishga xizmat qiluvchi “Hududiy raqobatbardoshlik indeksi” (HRI) empirik modeli ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik subektlari raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ustuvorligida Buxoro viloyatida kichik biznes iqtisodiy rivojlanish asosiy ko‘rastkichlarining 2026–2030-yillarga prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes subektlari raqobat ustunligini baholashda Sun’iy intellekt raqobatbardoshlik kompozit indeksi – CAIC (Composite Index of AI Competitiveness)ning hisob mexanizmi strategik bosqichlari (DI–IN–IT–IR–MT) hamda resurs taqsimoti – shartnomaviy vositalari bilan integrallashgan yagona tizim bo‘lishini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi Buxoro viloyati kichik biznes subektlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi 07\10-10-5-6348-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kompozit indeksi (CAIC) ning integral qiymati 0,758 (75,8%) ni tashkil etib, SI texnologiyalarini ishlab chiqarish va marketing yo‘nalishlarida strategik joriy etish umumiy raqobatbardoshlikni sezilarli oshirishini empirik jihatdan isbotladi. 
kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini sun’iy intellekt vositalarida oshirish maqsadida qiymat yaratishning “resurslar integratsiyasi – hamkorlik – foyda – raqobatbardoshlik” zanjirini tizimli tahlil asosida dinamik qobiliyatlar yondashuvining sezish, egallash va qayta konfiguratsiyalash bosqichlarini uyg‘unlashtirgan “Sensing–Seizing–Reconfiguring” (2SR) mualliflik konseptual modeli Buxoro viloyati kichik biznes subektlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi 07\10-10-5-6348-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu modelni joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlarida sun’iy intellekt asosida resurslardan foydalanish samaradorligini 2 martaga oshirish, hamkorlik mexanizmlarini faollashtirish va barqaror raqobat ustunligini shakllantirish imkonini berdi; 
kichik biznes subektlari va davlat tizimlari o‘rtasidagi axborot integratsiyasini takomillashtirish uchun API asosida axborot almashinuvi tezligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, ko‘p yo‘nalishli va o‘lchov ko‘rsatkichlariga tayanuvchi “sabab–oqibat–takomillashtirish” (SOK) zanjiri asosidagi tizimli yondashuv bo‘yicha taklifi Buxoro viloyati kichik biznes subektlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi 07\10-10-5-6348-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlari va davlat tizimlari o‘rtasida axborot almashinuvi tezligi va sifatini oshirish, ma’lumotlar integratsiyasini markazlashtirish hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligini kuchaytirish imkonini berdi;
  Buxoro viloyati misolida kichik sanoat va xizmat klasterlarini rivojlantirish orqali YHM tarkibida sanoat tarmog‘i ulushini 42–43% gacha hamda xizmatlar sohasi ulushini 45% dan ortiq darajaga etkazish asosida ishlab chiqilgan kichik kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini hududlar miqyosida oshirishga xizmat qiluvchi “Hududiy raqobatbardoshlik indeksi” (HRI) empirik modeli Buxoro viloyati kichik biznes subektlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi 07\10-10-5-6348-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatida HRI indeksi 0,58 dan 0,71 gacha oshdi va kichik biznesda 5,8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi;
Tadbirkorlik subektlari raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ustuvorligida Buxoro viloyatida kichik biznes iqtisodiy rivojlanish asosiy ko‘rastkichlarining 2026–2030-yillarga ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Buxoro viloyati kichik biznes subektlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi 07\10-10-5-6348-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari Buxoro viloyatida kichik biznes sektorining izchil va ko‘tarilib boruvchi rivojlanish traektoriyasini ko‘rsatib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2025-yildagi 11250 mlrd. so‘mdan 2030-yilga kelib 13041,9 mlrd. so‘mgacha o‘sish istiqbolini belgilash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish