Mamatqobilova Saboxat Shokir qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yunon-Baqtriya podsholigining tanga-pul munosabatlari (Shimoliy Baqtriya misolida) », 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1966
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, DSc.13/25.27.12.Tar.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Normuxammad Urazovich, tarix fanlari doktori,professor; Ataxodjaev Anvar Xashimovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan Yunon-Baqtriya podsholigi tangalari va tanga-pul munosabatlariga asoslangan podsholikning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini moddiy va yozma manbalar asosida ilmiy tahlil qilishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yurtimiz muzey fondlarida saqlanayotgan jumladan, Termiz arxeologiya muzey fondi (4854 dona), Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi (61 dona), O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi fondi (10 dona) va O‘zbekiston Davlat san’atshunoslik muzeyining badiiy galereyasi (8 dona) xazinalari tangalarining metrologik xususiyatlari o‘rganilib, ilmiy muomalaga kiritilib, ushbu tanga xazinalardan 576 donasi Yunon-Baqtriya hukmdorlari tomonidan zarb qilinganligi aniqlandi;
Termiz arxeologiya muzeyi fondida 276 ta, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida 61 ta, O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi fondida 10 ta hamda O‘zbekiston Davlat san’atshunoslik muzeyining badiiy galereyasida 8 ta tanga Yunon-Baqtriya davriga oid ekanligi aniqlanib, bu tangalar asosida Yunon-Baqtriya podsholigi tangalari 6 tipga ajratildi;
Toshkent xazinasida 18 ta, Termiz xazinasida 32 ta, Buxoro xazinasida 61 ta Yunon-Baqtriya davriga oid tangalar o‘rganilib, ulardagi oltin va kumush tangalar garov vositasida qo‘llanilganligi, chaqa pullar muomalaga kiritilib, to‘lov vositasiga aylanganligi isbotlangan;
Yunon-Baqtriya davriga oid Uzundara (114 ta), Darband devori (57 ta), Kampirtepa (19 ta), Eski Termiz (9 ta), Dalvarzintepa (8 ta), Dahnajom (8 ta) hamda Iskandartepa (4 ta) yodgorliklari tanga xazinalari asosida ularning tarqalish dinamikasiga oydinlik kiritilib, xaritasi yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Yunon-Baqtriya podsholigining tanga – pul munosabatlari. (Shimoliy Baqtriya misolida)” ni tahlil qilish natijasida quuidagilar amaliuotga joriu qilindi:
Yurtimiz muzey fondlarida saqlanayotgan Termiz arxeologiya muzey fondida (4854 dona), Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida (61 dona), O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi fondida (10 dona) va O‘zbekiston Davlat san’atshunoslik muzeyining badiiy galereyasida (8 dona) xazinalarining metrologik xususiyatlari o‘rganilib, ilmiy muomalaga kiritildi hamda ushbu tanga xazinalardan 576 donasi Yunon-Baqtriya hukmdorlari tomonidan zarb qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Termiz arxeologiya muzeyi “Qadimgi davr” ekspozisiya ko‘rgazmasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 12-mart. 02-05/971-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar qadimgi davrning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, tanga–pul munosabatlari to‘g‘risida muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga ko‘rsatish va kelajak avlod ongida milliy merosga bo‘lgan g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Yunon-Baqtriya davriga oid bo‘lgan Toshkent xazinasida 18 ta zarbxona tangalari, Termiz xazinasida 32 ta zarbxona tangalari, Buxoro xazinasida 61 ta zarbxona tangalari o‘rganildi, Oltin va kumush tangalar garov vositasida qo‘llanilganligi, chaqa pullar muomalaga kiritilib, to‘lov vositasiga aylanib, tangalardan savdo to‘lovlarida keng faydalanilganligi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “O‘tmish sirlari” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 22-maydagi № 02-31-526-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi natijasida tayyorlangan ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Yunon-Baqtriya davri tanga-pul muomalasi, iqtisodiy va madaniy hayoti, savdo-sotiq munosabatlari borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan. Yunon-Baqtriya davriga oid Uzundara (114 ta), Darband devori (57 ta), Kampirtepa (19 ta), Eski Termiz (9 ta), Dalvarzintepa (8 ta), Dahnajom (8 ta) hamda Iskandartepa (4 ta) xazinalaridagi zarbxona tangalari joylashuv o‘rniga oydinlik kiritilganligi va ular asosida xaritasi yaratilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Termiz arxeologiya muzeyi “Qadimgi davr” ekspozisiya ko‘rgazmasida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 19-noyabrdagi № 253-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yondashuv natijasida qadimgi hududlarda tangalarning tarqalish geografiyasi yanada aniqroq aks ettirildi va bu hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamda madaniy aloqalar haqida muhim xulosalar chiqarish imkonini berdi. Xususan, zarbxona tangalarining turli manzillarda topilishi o‘sha davrda rivojlangan savdo yo‘llari, iqtisodiy markazlar va siyosiy hokimiyat ta’siri mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Natijada, muzey ekspozisiyasida namoyish etilayotgan ushbu tangalar va artefaktlar tashrif buyuruvchilarga Yunon-Baqtriya tanga-pul munosabatlari, savdo-sotiq jarayonlari hamda qadimgi davr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish haqida yanada keng va chuqur tasavvurlar hosil qilishga xizmat qilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 19-noyabrdagi № 253-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, bu eksponatlar orqali o‘sha davrda zarb etilgan tangalarning dizayni, metall tarkibi va ularning muomaladagi o‘rni haqida ham qimmatli ma’lumotlar beriladi. Bu esa, o‘z navbatida, qadimgi tarixni o‘rganishda zamonaviy ilmiy yondashuvlar va arxeologik topilmalar ahamiyatini yana-da oshirib, kelajak avlod uchun tarixiy merosni anglash va qadrlashga xizmat qiladi.