Shaymatov Mansur Jo‘rabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari tomonidan aloqa korxonalarini kreditlashni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Turabov Sarvar Abdumalikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari tomonidan aloqa korxonalarini kreditlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari tomonidan aloqa korxonalari xisob raqamida korporativ mijoz maqomiga erishganda ularga ajratiladigan kredit foizini 1 foizga tushirish orqali bank daromadini 3 foizgacha oshirish imkoniyati taklif etilgan;
aloqa korxonalarini kreditlash jarayonida bank kredit risklari tuzilmasidan kelib chiqib uch guruhga texnologik, tariflik, investision va regulyativ risklarga ajratish asosida “integratsiyalashgan kredit risk profili IKRP” modeli ishlab chiqilgan;
bank aktivlar portfelida telekommunikatsiya kreditlarining optimal ulushi “telekom-aktivlar ulushi” ko‘rsatkichi (TAR-Telecom Asset Ratio) orqali tarmoqlararo chegarasi 3-8 foizgacha bo‘lishi taklifi asoslangan;
banklarining aloqa korxonalariga ajratgan kreditlari samaradorligini 5 unsurli Integrallashgan kredit samaradorligi indeksi (CEI) rentabellik, risklik, muddatlilik, texnologik natija va ijtimoiy ta’sirini aniqlash usuli taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida xalqaro transformatsiya jarayonlarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari tomonidan aloqa korxonalari xisob raqamida mablag‘lar korporativ mijoz maqomiga etganda ularga ajratiladigan kredit foizini 1 foizga pasaytirish orqali bank daromadini 3 foizgacha oshirish imkoniyati to‘g‘risidagi taklifi “Aloqa bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish boʻyicha 2025-yil biznes rejasida oʻz aksini topgan (“Aloqa bank” aksiyadorlik tijorat bank 2025-yil 4-noyabrdagi №16-04/5418-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025-yilda aloqa korxonalariga berilgan kreditlar 40,0 mlrd. so‘mga bank daromadlari 8,1 mlrd. so‘mga ortishiga erishilgan;
aloqa korxonalarini kreditlash jarayonida bank kredit risklari tuzilmasidan kelib chiqib uch guruhga texnologik, tariflik, investision va regulyativ risklarga ajratish asosida “integratsiyalashgan kredit risk profili IKRP” modeli ishlab chiqilgan taklifi “Aloqa bank” AT amaliyotiga joriy etilgan (“Aloqa bank” aksiyadorlik tijorat bank 2025-yil 4-noyabrdagi №16-04/5418-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat bankining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklari oldini olishga o‘z hissasini qo‘shgan. Uch modelli kredit tahlilida an’anaviy moliyaviy risklardan tashqari texnologik eskirish va raqamli transformatsiya sur’atlarining ta’sirini baholash imkonini bergan;
bank aktivlar portfelida telekommunikatsiya kreditlarining optimal ulushi “telekom-aktivlar ulushi” ko‘rsatkichi (TAR-Telecom Asset Ratio) orqali tarmoqlararo chegarasi 3-8 foizgacha bo‘lishi taklifi “Aloqa bank” ATB “2025-yil uchun ishlab chiqilgan kredit siyosati”ni ishlab chiqishda inobatga olingan (“Aloqa bank” aksiyadorlik tijorat bank 2025-yil 4-noyabrdagi №16-04/5418-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank kredit portfelini diversifikatsiya qilishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. TAR modeli banklarga kredit portfelini tarmoqlar kesimida muvozanatlashtirish, sektor riskini oldindan aniqlash va kapital etarliligini optimallashtirish imkonini bergan;
banklarining aloqa korxonalariga ajratgan kreditlari samaradorligini 5 unsurli Integrallashgan kredit samaradorligi indeksi (CEI) rentabellik, risklik, muddatlilik, texnologik natija va ijtimoiy ta’sirini aniqlash usuli taklif etilgan. CEI asosida shakllantirilgan tahlillardan “Aloqa bank” AT rivojlanish strategiyasi boʻyicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Aloqa bank” aksiyadorlik tijorat bank 2025-yil 4-noyabrdagi №16-04/5418-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aloqa korxonalariga beriladigan kreditlar moliyaviy natijalar bilan bir qatorda texnologik modernizatsiya va ijtimoiy foyda yaratadi. Bank mijozlarining soni ortishiga va mamlakatda aloqa tarmoqlarini yaxshilashga xizmat qilgan.