Xolikov Sarvar Xayitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish orqali iqtisodiyot samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5095
Ilmiy rahbar: Asatullaev Xurshid Sunatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umurzoqov Jamoliddin Sherbekovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish orqali iqtisodiyot samaradorligini oshirishning nazariy jihatlarini takomil-lashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliya bozorini tartibga solishda ESG tamoyillarini joriy etish hamda “yashil kreditlar” va yashil obligatsiyalarni jalb qilish orqali qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirish ekologik samaradorlikni oshirish bilan birga energetika sohasidagi ishlab chiqarish hajmini 15 foizga ko‘paytirishga olib kelishi asoslab berilgan.
“Yashil” obligatsiyalar, kreditlar va boshqa muqobil manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ekologik loyihalarni Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi orqali tasniflash tajribasini joriy etish taklif etilgan;
davlat moliyaviy ko‘magidan foydalangan barcha tadbirkorlik sub’ektlarining investisiyaviy xarajatlarini Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflash hamda mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish tartibini joriy etish taklif etilgan;
iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda imtiyozli “yashil” kreditlar, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini joriy etish, xalqaro iqlim fondlari (GCF, GEF) va institutsional investorlar mablag‘larini jalb qilish, kafolat instrumentlari orqali rag‘batlantirish tizimini shakllantirish taklifi berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish orqali iqtisodiyot samaradorligini oshirishning nazariy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
moliya bozorini tartibga solishda ESG tamoyillarini joriy etish hamda “yashil kreditlar” va yashil obligatsiyalarni jalb qilish orqali qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirish ekologik samaradorlikni oshirish bilan birga energetika sohasidagi ishlab chiqarish hajmini ham ko‘paytirishga olib kelishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” to‘g‘risidagi 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 2-ilovasi “O‘zbekiston-2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi” 51-maqsada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 35-7-3163-son ma’lumotnomasi). Natijada, ESG tamoyillari asosida yashil obligatsiyalar chiqarish va qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini moliyalashtirish orqali ekologik samaradorlik va energetika sohasidagi ishlab chiqarishni 15 foizga oshishiga olib kelishi belgilangan;
“Yashil” obligatsiyalar, kreditlar va boshqa muqobil manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ekologik loyihalarni Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi orqali tasniflash tajribasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘g‘risida 2023-yil 25-oktyabrdagi 561-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 35-7-3163-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy iqtisodiyotda ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi muvozanat ta’minlanganb iqtisodiyotda yangi elektr stansiyalari ishga tushirilib, ularning ulushi mamlakat elektr energiyasining 12-15 foizini tashkil qilgan, yashil energiya va qayta tiklanuvchi energiya loyihalariga 1,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritilishi, chiqindilarni qayta ishlash korxonalarida chiqindilardan energiya ishlab chiqarish tizimlari joriy qilinishi va bu umumiy energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini 3 foizga oshirishga olib kelishi kutilmoqda;
davlat moliyaviy ko‘magidan foydalangan barcha tadbirkorlik sub’ektlarining investisiyaviy xarajatlarini Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflash hamda mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘g‘risida 2023-yil 25-oktyabrdagi 561-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 35-7-3163-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniq va shaffof ma’lumotlar yig‘iladi, hamda ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ekologik siyosatlarning samaradorligini oshirishga va istiqbolda iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha aniq strategiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi;
iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashishga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda imtiyozli “yashil” kreditlar, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini joriy etish, xalqaro iqlim fondlari (GCF, GEF) va institutsional investorlar mablag‘larini jalb qilish, kafolat instrumentlari orqali rag‘batlantirish tizimini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish” 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 35-7-3163-son ma’lumotnomasi). Natijada, shamol energiyasidan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan energiya miqdori 2,5 milliard kVt/s ga etkazilib, yangi energiya samaradorligiga ega texnologiyalar, qurilish standartlari va uskunalar joriy qilish, hamda yangi binolar va infratuzilmalarda energiya samaradorligini oshirish uchun zamonaviy tizimlar va materiallar qo‘llanilishi oqibatida umumiy energiya sarfi 12-15 foizga kamayishiga erishish imkonini bergan.