Madaminov Bekzod Allayarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida risk-menejment tizimini takomillashtirish asosida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash metodologiyasi” 08.00.07 – “Moliya, pul muomilasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1085
Ilmiy maslahatchi: Xusanov Ulugʻbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ma’mun universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiyalari institut huzuridagi  DSc.03/2026.31.01.1.42.02 raqamli
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori., prof. Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori., prof.  Abdusalomov Akrom Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari doktori., prof.  Haydarov Oʻrol Axmadovich.
Yetakchi tashkilot:  G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarida risk-menejment tizimini takomillashtirish asosida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan risk-menejment tizimining konseptual modeli bank risklarini identifikatsiya qilish, baholash, monitoring qilish va boshqarish jarayonlarini aktivlar va majburiyatlarni boshqarish mexanizmlari, kapital etarliligi, likvidlik ko‘rsatkichlari hamda stress-test natijalari bilan integratsiyalash taklif asoslangan; 
tijorat banklarida risk-menejmenti sifatini baholash reyting uslubining “past” (0-50), “o‘rtacha” (50-74), “yuqori” (75-100) shkalasidan foydalanish orqali tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarini takomillashtirish taklifi asoslangan; 
tijorat banklarida risk-menejment tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt asosida takomillashtirish konsepsiyasi Fintech va Regtech texnologiyalari, Big Data va Machine Learning algoritmlari asosida real vaqt rejimida risklarni prognozlash, stress-test ssenariylarini avtomatlashtirish hamda erta ogohlantirish indikatorlari orqali moliyaviy barqarorlikka tahdid soluvchi omillarni oldindan aniqlash imkonini beruvchi innovatsion boshqaruv mexanizmini tadbiq etish taklif etilgan; 
tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikka taʼsir etuvchi risklarni kompleks baholash asosida Risk-based Early Warning System (EWS) risklardan erta ogohlantirish tizim modeli taklif etilgan; 
O‘zbekistonda tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarining ustun yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ular rivojlanishining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tijorat banklarida risk-menejment tizimini takomillashtirish asosida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash metodologiyasi bo‘yicha  olingan ilmiy  natijalar asosida:
tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan risk-menejment tizimining konseptual modeli bank risklarini identifikatsiya qilish, baholash, monitoring qilish va boshqarish jarayonlarini aktivlar va majburiyatlarni boshqarish mexanizmlari, kapital etarliligi, likvidlik ko‘rsatkichlari hamda stress-test natijalari bilan integratsiyalash taklifi “Agrobank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston sanaot-qurilish banki aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 3-apreldagi 74-sonli ma’lumotnomasi va Agrobank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 6-apreldagi 04-15/275-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Agrobank”ATB 2024 yil yakuni bilan jami aktivlar 13556,3 mrd.so‘mga, ya’ni 20,3 foizga va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda 2024 yil yakuni bilan sof foyda 1115,1 mrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2023 yilga nisbatan 30,2 foizga oshgan;
tijorat banklarida risk-menejmenti sifatini baholash reyting uslubining “past” (0-50), “o‘rtacha” (50-74), “yuqori” (75-100) shkalasidan foydalanish orqali tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarini takomillashtirish taklifi “Agrobank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  “Agrobank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning  moliyaviy xavfsizlik darajasi baholanib, moliyaviy barqarorligiga xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlangan, ularni bartaraf etish bo‘yicha komplaens-nazorat bo‘limiga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarida risk-menejment tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt asosida takomillashtirish konsepsiyasi Fintech va Regtech texnologiyalari, Big Data va Machine Learning algoritmlari asosida real vaqt rejimida risklarni prognozlash, stress-test ssenariylarini avtomatlashtirish hamda erta ogohlantirish indikatorlari orqali moliyaviy barqarorlikka tahdid soluvchi omillarni oldindan aniqlash imkonini beruvchi innovatsion boshqaruv mexanizmini tadbiq etish tartibi “Agrobank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston sanaot-qurilish banki aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 3-apreldagi 74-sonli ma’lumotnomasi va Agrobank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 6-apreldagi 04-15/275-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Agrobank”  ATBda 2025 yil 6 oyda 2024 yilga nisbatan muddati o‘tgan kreditlar hajmini 106 mlrd.so‘mga kamaytirishga erishildi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda esa 2025 yilda 2024 yilga nisbatan muddati o‘tgan kreditlar hajmini sezilarli darajada kamaytirishga erishildi; 
tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikka taʼsir etuvchi risklarni kompleks baholash asosida Risk-based Early Warning System (EWS) risklardan erta ogohlantirish tizimi modeli “Agrobank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston sanaot-qurilish banki aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 3-apreldagi 74-sonli ma’lumotnomasi va Agrobank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 6-apreldagi 04-15/275-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada “Agrobank”  ATBda 2025 yil 6 oyda 2024 yilga nisbatan ustav kapitali 8,9 trln so‘mdan 11,2 trln so‘mgacha oshgan, muddati o‘tgan kreditlar hajmini 106 mlrd.so‘mga kamaytirishga erishildi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda esa 2025 yilda sof foyda 404 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2024 yilga nisbatan 18,9 % ga ko‘paygan, 20025 yilda kredit portfeli 66,6 trln so‘mga etib, 15,9 % o‘sish qayd etilgan;
O‘zbekistonda tijorat banklari barqarorligini ta’minlashning moliyaviy strategiyalarining ustun yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ular rivojlanishining 2030-yilgacha prognoz “Agrobank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatida foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi (O‘zbekiston sanaot-qurilish banki aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 3-apreldagi 74-sonli ma’lumotnomasi va Agrobank aksiyadorlik tijorat bankining 2026-yil 6-apreldagi 04-15/275-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida  “Agrobank” va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBlarning 2024-2026-yillar uchun rivojlanish strategiyasiga tuzatishlar kiritishda foydalanilgan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish