Normuminov Jahongir Abdusamievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kondensatsion issiqlik utilizatorlarini qo‘llash orqali issiqlik elektr stansiyadagi yoqilg‘idan foydalanish samaradorligini oshirish”, 05.05.04–Sanoat issiqlik energetikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T277.
Ilmiy rahbar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va “Ilmiy-texnika markazi” MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboevich texnika fanlari doktori, professor; Isaxodjaev Xayrulla Sunnatullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilmiy asoslangan holda kondensatsion issiqlik utilizatorlarini qo‘llash orqali issiqlik elektr stansiyalarda tutun gazlari bilan yo‘qotilayotgan issiqlik miqdoridan foydalanish hisobiga yoqilg‘i samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sharoitlari uchun bug‘ qozonlariga baypas orqali kondensatsion issiqlik utilizatorlarini qo‘llashni IES negizida ishlab chiqilgan;
chiqadigan tutun gazlarining issiqligini utilizatsiya qilishda kondensatsion issiqlik utilizatorlarining optimal strukturaviy o‘lchamlari va shudring nuqtasidan past haroratgacha hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
kondensatsion issiqlik utilizatorining issiqlik va konstruktiv parametrlarining optimal qiymatlarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
issiqlik utilizatori qo‘llanilgan ma’lum sxemalarni tahlil qilish asosida turli rejimlarda ishlaydigan isitish va sovutish mashinasidan foydalanishning energiya samarador sxemasi ishlab chiqilgan;
kondensatsion issiqlik utilizatorining energiya tejamkor geometrik qo‘rsatkichlarining optimal qiymatlari tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
IES qozon qurilmalarida chiqib ketayotgan tutun gazlari yo‘liga kondensatsion issiqlik utilizatorlarini o‘rnatish hamda isitish va sovutish nasosi qurilmasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
№8 TGMP-114S qozon qurilmasida kondensatsion issiqlik utilizatori «O‘zbekenergo» DAK tizimidagi korxonaga, xususan «Sirdaryo IES» AJ energiya blokiga o‘rnatilgan («O‘zbekenergo» DAKning 2019 yil 29 maydagi RM-01-21/2750-son ma’lumotnomasi). Natijada kondensatsion issiqlik utilizatori qo‘llanilgan holatda yiliga sarflanadigan tabiiy gazni 245,6 ming m3 va ta’minot suvini 28 ming m3 ga kamaytirishga erishilgan;
№1,2,4 qozon qurilmalarida kondensatsion issiqlik utilizatori «O‘zbekenergo» DAK tizimidagi korxonaga, xususan «Toshkent IEM» AJ energiya bloklariga o‘rnatilgan («O‘zbekenergo» DAKning 2019 yil 29 maydagi RM-01-21/2750-son ma’lumotnomasi). Natijada kondensatsion issiqlik utilizatorlari qo‘llanilgan holatda yiliga har bir qozonxonaga sarflanadigan tabiiy gazni 53,1 ming m3 va ta’minot suvini 10,9 ming m3 ga kamaytirishga erishilgan;
№1 NZL-650-32 bug‘ qozonidan chiqadigan gazlarning issiqligini kondensatsiya qilish uchun, isitish va sovutish mashinasi yordamida samarador sxema «O‘zbekenergo» DAK tizimidagi korxonaga, xususan «Toshkent IEM» AJ energiya blokiga o‘rnatilgan («O‘zbekenergo» DAKning 2019 yil 29 maydagi RM-01-21/2750-son ma’lumotnomasi). Natijada kondensatsion issiqlik utilizatorlarining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.