Qurbonova Muattar Erkinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster yondashuvi asosida ta’lim jarayonining kasbiy-texnologik variativligini rivojlantirish metodikasi (Kimyo fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3572
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnora Oblakulovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.01/2025.27.12.K.04.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash .
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Smanova Zulayho Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
I.    Tadqiqotning maqsadi kimyoni o‘qitish jarayonida klaster yondashuvi asosida talabalarda kasbiy-texnologik variativlikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kimyo fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim, fan va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlovchi “klasterli variativlik” tushunchasining mazmun-mohiyati, klaster yondashuvi asosida talabalarda kasbiy-texnologik variativlikni rivojlantirish tamoyillari pedagogik amaliyotga implementatsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
kimyo ta’limi klasteri ishtirokchilari o‘rtasidagi vertikal va gorizontal aloqalari asosida kimyoviy jarayonlarni modellashtirishning variativ texnologiyalari hamda klaster yondashuvi muhitida variatsion texnologik rivojlantirishning metodik tuzilmasi tizimli, uzlyuksiz, integratsiyalshgan kasbiy texnologik variativlikning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan.
kimyoviy jarayonlarni modellashtirishda ta’lim mazmunining kasbiy-texnologik variativligini rivojlantirish, talabalarda integrativlik, faollik va bilimlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini anglash tamoyillari motivatsion-maqsadli, mazmunli, jarayonga doir, nazorat va baholash kabi komponentlar funksional ko‘rsatkichlari identivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan. 
kimyoni o‘qitish jarayonida talabalarning individual va shaxsiy rivojlanishi, klaster yondashuvi asosida ta’limni tashkil etish jarayonlarida variativ texnologiyalardan foydalanish metodlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, klaster yondashuvi asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak kimyo mutaxassislarining variativ texnologik muhitga moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha didaktik tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Kimyoni o‘qitish jarayonida talabalarda kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
klaster yondashuvi asosida talabalarda kasbiy-texnologik variativlikni rivojlantirish jarayonlari, kimyo ta’limi mazmunini ishlab chiqarish dinamikasiga mos ravishda transformatsiya qilishning pedagogik shart-sharoitlari va kasbiy bilishga motivatsion, kognitiv, emotsional, irodaviy, faoliyatli-baholovchi tarkibiy asoslarning kasbiy yo‘nalganlik integral mobillikka ega ekanligini belgilashga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AI-XT-0- 92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 20-yanvardagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida kasbiy-texnologik variativlik muhiti barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ta’lim klasteri asosida kimyoviy jarayonlarni modellashtirish va bo‘lajak mutaxassislarning moslashuvchan kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi variativ metodik model, kimyoni o‘rganish jarayonida talabalarda kasbiy tayyorgarlikning metodik tizimi, klaster yondashuvi muhitida variatsion texnologik rivojlantirishning metodik tuzilmasi tizimli, uzlyuksiz, integratsiyalashgan kasbiy texnologik variativlikning didaktik shart-sharoitlari takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, 63-206-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy qobiliyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida ta’lim mazmunining kasbiy-texnologik variativligini rivojlantirish, talabalarda integrativlik, faollik va bilimlarning ilmiy- amaliy ahamiyatini anglash tamoyillari, motivatsion-maqsadli, mazmunli, jarayonga doir, nazorat va baholash kabi komponentlar funksional ko‘rsatkichlari identivligini qat’iy belgilash va kimyoni o‘qitish jarayonida talabalarning individual va shaxsiy rivojlanishi, klaster yondashuvi asosida ta’limni tashkil etish jarayonlarida variativ texnologiyalardan foydalanish “Kimyo – ishlab chiqarish”, “Variativ kimyoviy piramida”, “Muammoli-izlanishli”, “Hayotiy ajoyibot olami” kabi mualliflik interfaol metodlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, 63-206-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kimyoni o‘qitish jarayonida talabalarda kasbiy-texnologik variativlikni rivojlantirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirish oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish