Arziqulov Husan Normurod o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4960
Ilmiy rahbar: Gulyamov Komiljon Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.09.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Djabbarov Botirjon Begimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kompyuter grafikasiga oid ijodiy qobiliyatini oshirish, kompetentligini rivojlantirishni intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari fanlararo integrativ masalalar, vizual loyihalar tayyorlash texnologiyalari dinamik harakatlar tizimidan kognitiv darajali topshiriqlardan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining vizual grafik loyihalar tayyorlash kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi axborot-ta’lim muhitlari vektorli, rastrli, fraktal grafika ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kompyuter garfikasiga oid fanlardan mashg‘ulotlarning o‘quv-tashkiliy tuzilmasi Flipped classroom, muammoli, dasturlashtirilgan taʼlim texnologiyalarni va onlayn o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatga vektorli, rastrli, fraktal masalalarga moslash orqali bo‘lajak informatika o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetentligini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari integrativ yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatida kompyuter grafikasiga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari fanlararo integrativ yondashuvli topshiriqlar hamda ochiq axborot-ta’lim muhitlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasiga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarning kompyuter grafikasiga oid ijodiy qobiliyatini oshirish, kompetentligini rivojlantirishning intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari fanlararo integrativ masalalar, vizual loyihalar tayyorlash texnologiyalari dinamik harakatlar tizimidan kognitiv darajali topshiriqlardan foydalanish asosida aniqlashtirish hamda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarning vizual grafik loyihalar tayyorlash kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi axborot-ta’lim muhitlarni vektorli, rastrli, fraktal grafika ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “3D modellashtirish” va “Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish fanidan laboratoriya ishlari (I-qism)” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438154-raqamli hamda 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 230661-raqamli guvohnomalari). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan; 
kompyuter garfikasiga oid fanlardan mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi Flipped classroom, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalarni va onlayn o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatga vektorli, rastrli, fraktal masalalarga moslash orqali bo‘lajak informatika o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetentligini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari integrativ yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Kompyuter grafikasi” va “Zamonaviy dasturlash tillari” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 114415-raqamli hamda 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i, 194-040-raqamli guvohnomalari). Natijada, kompyuter garfikasiga oid fanlardan mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan; 
talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatida kompyuter grafikasiga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatkichlari fanlararo integrativ yondashuvli topshiriqlar hamda ochiq axborot-ta’lim muhitlar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kompyuter grafikasi” nomli darslik va “Multimedia tizmlari va texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, 232-108 raqamli hamda 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 808223-raqamli guvohnomalari). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
tadqiqot doirasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga ko‘ra, tajriba guruhining ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 10,84 foizga yuqori ekanligi aniqlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish