Juraev Farxod Niyozovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. “Termodinamika va issiqlik texnikasi fanini o‘qitish metodikasini  nostandart topshiriqlar asosida takomillashtirish (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2026.1.PhD/Ped7041.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustamov Hakim Sharipovich pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.03
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Navoiy davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor Axmedov Axat Axrorovich va O‘zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik liseyi direktori, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent  Axmedov Yodgorbek Olimjonovich.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Texnika oliy o‘quv yurtlarida “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanini o‘qitish metodikasini nostandart topshiriqlar asosida takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda nostandart yondashuvning o‘rni va ahamiyati mahalliy hamda xorijiy tajribalar tahlili asosida talabalarning kreativlik imkoniyatlarini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanini o‘qitish modeli umumkasbiy va ixtisoslik fanlari orasida uyg‘unlikni ta’minlash orqali nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida nostandart yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanidan nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida nostandart masalalar va topshiriqlar tizimidan iborat metodik ta’minot didaktik talablar asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda nostandart yondashuvga asoslangan pedagogik modelning samaradorligi tajriba-sinov natijalari asosida kreativ, qisman izlanishli, produktiv va reproduktiv  baholash mezonlari orqali asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash va “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanini o‘qitish metodikasini nostandart topshiriqlar va masalalar orqali takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar hamda ilmiy natijalar asosida: 
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda nostandart yondashuvning o‘rni va ahamiyati mahalliy hamda xorijiy tajribalar tahlili asosida talabalarning kreativlik imkoniyatlarini hisobga olish orqali aniqlashtirish bo‘yicha xulosalar “Termodinamika va issiqlik texnikasi fanidan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi №162098, 391-sonli buyrug‘i). Qo‘llanma o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan, buning natijasida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda umumkasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanini o‘qitishda umumkasbiy va ixtisoslik fanlari orasida uyg‘unlikni ta’minlash orqali nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida nostandart yondashuvlar asosida takomillashtirilgan modeli asosidagi takliflar “Termodinamika va issiqlik texnikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi № 536209, 55-sonli buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanini o‘qitish jarayonining o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish orqali talabalarni samarali kasbiy faoliyatga tayyorlashga erishilgan; 
bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda “Termodinamika va issiqlik texnikasi” fanidan didaktik talablar asosida ishlab chiqilgan nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida nostandart masalalar va topshiriqlar tizimini o‘z ichiga oluvchi metodik ta’minot “Issiqlik texnikasi fanidan tajriba ishlar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi № 468413, 316-sonli buyrug‘i). Natijada kon-metallurgiya sanoati va ishlab chiqarishda issiqlik kuch qurilmalari va texnik tizimlar, boshqaruv  tizimi mutaxassislari kognitiv-kompetentligini kasbiy yo‘naltirilgan nostandart topshiriqlar orqali rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
 Tadqiqot natijalarining joriy etilishi bo‘yicha ko‘rsatilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-fevraldagi 02/01-01-80- son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish