Mirzanazarova Aziza Mirzaabdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hamkorlik pedagogikasi asosida talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2479
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Mirzaolim Xaydaralievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02.
Rasmiy opponentlar: Nurkeldieva Dilbar Ahmadovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Narziqulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hamkorlik pedagogikasi asosida talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati fanlararo (pedagogik, psixologik, sotsiologik, falsafiy) qiyosiy tahlil qilish orqali ularning faol o‘qish pozisiyasi, kitobxonlik madaniyati va qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashini rivojlantirish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv hamda Senechal metodikasi va J.Epshteyn nazariyasini mahalliy sharoitga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
hamkorlik pedagogikasi asosida talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning amaliy-tarbiyaviy ish shakllari va interfaol metodlarga asoslangan pedagogik mexanizmlari bo‘lajak tarbiyachi qizlardagi vatanparvarlik hissi, mehr tuyg‘usi va tarbiyaviylik mas’uliyat ko‘nikmalarini tashxislashning konsentrik va muntazamlilik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachi qizlarning ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning “maqsad→jarayon→natija” tuzilmasi asosidagi pedagogik modeli kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, ta’lim vositalari (kitob, kitob kundaligi, audio va vizual kitob) bilan uyg‘unlashtirilgan hamda rivojlanish darajalari (yuqori, o‘rta, quyi bo‘lgan) kognitiv, motivatsion, faoliyatli, refleksiv mezonlar asosida ishlab chiqilgan;
ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir bilimlarni bo‘lajak tarbiyachi qizlar faoliyatida mujassamlashtirish hamda ona va bolalarga kitobxonlik ko‘nikmalarini singdirish, bolalarga badiiy adabiyot qahramonlari obrazlarini o‘zlashtirish mexanizmi vositasida imitatsiya (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida shakllantirish bilan bog‘liq ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hamkorlik pedagogikasi asosida ona va bola kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmi yuzasidan olingan natijalar asosida:
talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati fanlararo (pedagogik, psixologik, sotsiologik, falsafiy) qiyosiy tahlil qilish orqali ularning faol o‘qish pozisiyasi, kitobxonlik madaniyati va qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashini shakllantirish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv hamda Senechal metodikasi va J.Epshteyn nazariyasini mahalliy sharoitga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan “ERASMUS+Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, Employability and Self confidence” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 31-oktyabrdagi № 11-05-6135/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba qizlarda “ona-bola” kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
hamkorlik pedagogikasi asosida talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning amaliy-tarbiyaviy ish shakllari va interfaol metodlarga asoslangan pedagogik mexanizmlari bo‘lajak tarbiyachi qizlardagi vatanparvarlik hissi, mehr tuyg‘usi va tarbiyaviylik mas’uliyat ko‘nikmalarini tashxislashning konsentrik va muntazamlilik tamoyillari asosida takomillashtirilgan xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Namangan teleradiokompaniyasi” ijodiy birlashmasi “Namangan MTRK” teleradiokanalining 2021-yil iyul va 2022-yil aprel oylaridagi “Dobriy den’” va “Chitayushhie mami-chitayushhie den’” va “2023-yil “Bolalarda kitobxonlikni rivojlantirish”, mediaproekti dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Namangan teleradiokompaniyasi” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2023-yil 9-iyundagi № D3-41-199-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba qizlarda “ona-bola” kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachi qizlarning ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning “maqsad→jarayon→natija” tuzilmasi asosidagi pedagogik modeli kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, ta’lim vositalari (kitob, kitob kundaligi, audio va vizual kitob) bilan uyg‘unlashtirilgan hamda rivojlanish darajalari (yuqori, o‘rta, quyi bo‘lgan) kognitiv, motivatsion, faoliyatli, refleksiv mezonlar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “ERASMUS+Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, Employability and Self confidence” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Ishoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 19-sentyabrdagi 2189-03-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “ona-bola” kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini shakllantirishga erishilgan;
ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir bilimlarni bo‘lajak tarbiyachi qizlar faoliyatida mujassamlashtirish hamda ona va bolalarga kitobxonlik ko‘nikmalarini singdirish, bolalarga badiiy adabiyot qahramonlari obrazlarini o‘zlashtirish mexanizmi vositasida imitatsiya (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida shakllantirish bilan bog‘liq ilmiy-metodik tavsiyalardan “oilaviy savodxonlik kechasi”, “kitobxonlik madaniyatini yaratish”, “15 daqiqalik kitobxonlik”, “Tarixiy soat”, SMS-xabarlar deb nomlangan platformalarda hamda “ERASMUS+Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, Employability and Self confidence” nomli xalqaro loyihalarida keng foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 31-oktyabrdagi № 11-05-6135/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hamkorlik pedagogikasi asosida talaba qizlarda ona bola kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.