Sirojiddinov Ilhomjon Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12426
Ilmiy rahbar: Djuraev Risbay Xaydarovich - pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilara Djumaniyazovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o'quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, ergonomik va uslubiy-didaktik yo‘nalishlarda kasbiy muammolarni hal qilish, kasbiy qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda mobilli uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida aniqlashtrilgan;
preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishning tuzilmaviy modeli maqsad, sub’ektiv-mazmunli, jarayonli va baholovchi-natijaviy komponentlar uzviyligi asosida tizimli, faoliyatli va kompetentli yondashuvlarga hamda ijtimoiy-pedagogik xizmat, yoshlar jamoat birlashmalari va profilaktika inspektori o‘rtasidagi hamkorlikka ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish metodikasi gnoseologik, metodologik va didaktik asoslarni refleksiyalash hamda antinarkotik xatti-harakatning kognitiv, kreativ va konativ elementlarini evristik, differensial va loyihaviy metodlar orqali ta’lim jarayoniga joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllanganlik darajasini diagnostik baholash tizimi motivatsion-qadriyatli, axborotli-kognitiv va jarayoniy-faoliyatli mezonlar ko‘rsatkichlari reproduktiv, produktiv va kreativ darajalar indikatorlari bilan muvofiqlashtirish asosida optimallashtrilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish metodikasi” bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy muammolarni hal qilish, kelajakdagi kasbni tanlashga oid qarorlarni qabul qilish, qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda mobilli uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Giyohvandlik-asr vabosi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-oktyabr 02/01-01-390-sonli sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar o‘quvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllanishiga xizmat qilgan;
preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishning texnologik maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan mazmunli, texnologik jarayonli va dignostik komponentlar uzviyligida metodologik yondashuvlar, ta’limiy funksiyalar hamda umumdidaktik va maxsus tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar kasb-hunar ta’limida preventiv faoliyat “Yo‘l xaritasi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-oktyabr 02/01-01-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model o‘quvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllanishiga xizmat qilgan; 
preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish, kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari mazmuniga muvofiq, motivatsion-qadriyatli, hissiy-emotsional, axborotli-kognitiv, muvofiqlik, jarayoniy-faoliyatli mezonlari raqamlashtirilgan pereventiv chora-tadbirlar ustuvorligida takomillashtirishga doir takliflar “Preventiv faoliyatning yoshlar kelajagidagi ijobiy ta’siri” maxsus kurs mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-oktyabr 02/01-01-390-sonli sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari preventiv faoliyat samaradorligini oshishiga va o‘quvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish