Avazov Xamza Panjievichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida to‘liqsiz gaplarning stilistik va pragmatik xususiyatlari” 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025-yil. 10-iyul. 498 X-sonli buyrug‘i.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Javlon Yormatovich, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12. Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc) dotsent Yo‘ldosheva Xolida Qo‘zievna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Bobir Maxammadov Isan o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida to‘liqsiz gaplarning stilistik hamda pragmatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil asosida aniqlash, ularning nutq uslublaridagi funksional imkoniyatlarini sistemali tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplar qiyosiy-lingvistik va funksional yondashuv asosida tadqiq etilib, mazkur hodisaning har ikki tildagi shakliy-mazmuniy xususiyatlari, tiklanish (restitusiya) mexanizmlari hamda lingvistik birlik sifatidagi maqomi ilmiy jihatdan asoslangan;
to‘liqsiz gaplarning so‘zlashuv, ilmiy, rasmiy, badiiy va publisistik uslublarda qo‘llanishi materiallari asosida ularning ixchamlik, ekspressivlik, ta’sirchanlik va axborot zichligini ta’minlashi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida to‘liqsiz gaplarning pragmatik vazifalari ilk bor qiyosiy aspektda yoritilib, ularning kommunikativ niyat, nutqiy vaziyat, adresant–adresat munosabatlari bilan bog‘liq holda voqelanish mexanizmlari aniqlanib, pragmatik vositalar bilan uzviy aloqasi asoslangan;
to‘plangan til materiallari asosida o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning umumiy-tipologik hamda milliy-xos belgilari aniqlanib, ularning shakliy, semantik va pragmatik ko‘rsatkichlari tizimlashtirilishi natijasida qiyosiy talqini uchun ilmiy mezonlar ishlab chiqilgan va mazkur hodisaning har ikki tilda funksional xususiyatlari konseptual jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplar ilk bor qiyosiy-lingvistik va funksional yondashuv asosida kompleks tadqiq etilib, mazkur hodisaning har ikki tildagi shakliy-mazmuniy xususiyatlari, tiklanish (restitusiya) mexanizmlari hamda lingvistik birlik sifatidagi maqomi asoslanganligi; to‘liqsiz gaplarning so‘zlashuv, ilmiy, rasmiy, badiiy va publisistik uslublarda qo‘llanishi materiallari asosida ularning ixchamlik, ekspressivlik, ta’sirchanlik va axborot zichligini ta’minlashi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan №.IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi– o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 17-fevtaldagi № 04/1-926 raqamli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida to‘liqsiz gaplarning pragmatik vazifalari ilk bor qiyosiy aspektda yoritilib, ularning kommunikativ niyat, nutqiy vaziyat, adresant–adresat munosabatlari bilan bog‘liq holda voqelanish mexanizmlari aniqlanib, pragmatik vositalar bilan uzviy aloqasi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar misolida)” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 17-fevtaldagi № 04/1-927 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati oshgan;
to‘plangan til materiallari asosida o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning umumiy-tipologik hamda milliy-xos belgilari aniqlanib, ularning shakliy, semantik va pragmatik ko‘rsatkichlari tizimlashtirilishi natijasida to‘liqsiz gaplarning qiyosiy talqini uchun ilmiy mezonlar ishlab chiqildi va mazkur hodisaning har ikki tildagi funksional xususiyatlari konseptual jihatdan ilmiy asoslanganligi haqidagi xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Millat g‘ururi” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 6-mart 17-05/43-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish mazmuni mukammallashgan, eshittirishning ilmiy dalillarga boy bo‘lish imkonini bergan.