Latipov Bobur Bahrom o‘g‘lining  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida kinoyaning vazifalari, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini” 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2026 yil 25-fevraldagi 143-X- sonli buyrug‘i
Ilmiy rahbar: Ibragimov Javlon Yormatovich, filologiya fanlari doktori, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12. Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor N.Yuldosheva; filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent,  Sh.Bobojonova. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi kinoya, uni ifodalovchi birliklar tarjimasidagi muammolar hamda leksikografik taliqnidagi universallik va farqlarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kinoyaviy mazmunning to‘liq ochilishi kontekstiga bog‘liq bo‘lib, u fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va pragmatik vositalarning birgalikdagi ta’siri orqali yuzaga chiqishi ikki tildagi matnlar qiyosi asosida dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda kinoyaning voqelanishida a) evfemik xususiyatga egalik; muloqot ishtirokchilari uchun tushunarlilik; d) ijtimoiy vazifalardagi o‘xshashlik kabi umumiyliklar hamda a) yo‘nalirilish shakli; b) qabul qilinishi; d) nolisoniy vositalar ta’siriga ko‘ra farqlarga ega ekanligi kinoyaviy birliklar ishtirok etgan matnlar qiyosi asosida dalillangan;
ingliz tilidagi kinoyaviy birliklarni o‘zbek tiliga o‘girishda uch xil holat: knoyaviy ko‘chim ifodalayotgan birlik denotativ ma’nosi orqali tarjima qilish; teskari ma’no salbiy denotativ ma’noga ega birliklar bilan ifodalash; aynan kinoyaviy ko‘chimga ega birliklar bilan tarjima qilish kuzatilishi hamda ulardan oxirgisi eng maqbul ekanligi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi kinoyaviy birliklar umumiy izohli lug‘atlar (ko‘chma ma’noning maxsus pometa bilan berilishi), enantiosemik lug‘atlar hamda iboralarni izohlovchi lug‘atlarda; ingliz tilidagi izohli, tarjima lug‘atlarida (kam hollarda) hamda til korpuslarida berilishi ikki tildagi lug‘atlar tahlili asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
O‘zbek va ingliz tillaridagi kinoya hamda uni ifodalovchi birliklar tarjimasi, leksikografik talqinidagi muammolarni aniqlash jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
kinoyaviy mazmunning to‘liq ochilishi kontekstiga bog‘liq bo‘lib, u fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va pragmatik vositalarning birgalikdagi ta’siri orqali yuzaga chiqishi ikki tildagi matnlar qiyosi asosida dalillangan; chog‘ishtirilayotgan tillarda kinoyaning voqelanishida a) evfemik xususiyatga egalik; muloqot ishtirokchilari uchun tushunarlilik; d) ijtimoiy vazifalardagi o‘xshashlik kabi umumiyliklar hamda a) yo‘nalirilish shakli; b) qabul qilinishi; d) nolisoniy vositalar ta’siriga ko‘ra farqlarga ega ekanligi kinoyaviy birliklar ishtirok etgan matnlar qiyosi asosida dalillanganligiga oid ma’lumotlardan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 16-martdagi № 04/1-1411 raqamli maʼlumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida tilshunoslikda kinoyalarning o‘rganilish muammolari va ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘rni hamda muloqot samaradorligini ta’minlashda ushbu muammolarning yoritilishi asoslaridan xulosalar chiqarish imkonini bergan;
ingliz tilidagi kinoyaviy birliklarni o‘zbek tiliga o‘girishda uch xil holat: knoyaviy ko‘chim ifodalayotgan birlik denotativ ma’nosi orqali tarjima qilish; teskari ma’no salbiy denotativ ma’noga ega birliklar bilan ifodalash; aynan kinoyaviy ko‘chimga ega birliklar bilan tarjima qilish kuzatilishi hamda ulardan oxirgisi eng maqbul ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 16-apreldagi № 04/1-1410 raqamli maʼlumotnomasi). Bu maʼlumotlar amaliy grant doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan; 
o‘zbek va ingliz tillarida kinoyaning vazifalari, o‘zaro tarjimasi hamda leksikografik talqini aniqlanib, kinoyaning mazmunning to‘liq ochilishi kontekstiga bog‘liq bo‘lib, u fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va pragmatik vositalarning birgalikdagi ta’siri orqali yuzzaga chiqishi ikki tildagi matnlar qiyosi asosida dalillangan ilmiy ma’lumotlardan foydalanganligi asosida dalillanganligiga doir ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Oltin voha” radiosining “Reportaj” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 19-martdagi 17-05/50-sonli maʼlumotnomasi). Natijada radioeshittirish mazmuni yanada mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish