Xodjayorov Malik Berdimurodovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi zamonaviy mediamatnlarning leksik va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Fil13912
Ilmiy rahbar: Mahmudova Umida Ural qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor B.M.Bahriddinova va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Nasrulloeva Nafisa Sadulloevna
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi mediamatnlari tarjimasida namoyon bo‘ladigan leksik va pragmatik jihatlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antropotsentrik yondashuv asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi mediadiskursning kognitiv, madaniy hamda assotsiativ qatlamlari tahlili asosida zamonaviy Internet va OAV matnlarida qo‘llaniladigan leksik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari hamda ularning axborot berish, baholash va ta’sir ko‘rsatish jarayonidagi semantik-pragmatik funksiyalari aniqlangan;
mediadiskursning kognitiv-pragmatik xususiyatlari hamda intertekstuallik kategoriyasi ingliz va o‘zbek mediamatnlari materiallari asosida milly-madaniy belgilar, o‘zlashma qatlam hamda baholovchi leksemalarning jamiyat tafakkurida ijtimoiy stereotiplar, madaniy kodlar va zamonaviy kommunikativ qadriyatlarni aks ettiruvchi diskursiv tizim sifatidagi maqomi dalillangan;
Internet va OAV mediamatnlari tizimida leksik birliklarning qo‘llanilishi ularning uslubiy imkoniyatlari, ekspressiv-emotsional ifodaviyligi hamda kontekstual-pragmatik yuklamasi asosida auditoriya ongiga ta’sir ko‘rsatish, axborotni konseptuallashtirish va baholash mexanizmlarini ochib berish orqali mediadiskursning mental-modellarga tayanuvchi funksional xususiyatlari ilmiy asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi media bloglar, interaktiv telesuhbatlar hamda Internet platformalarida qo‘llaniladigan o‘zlashma va milliy-madaniy markirovkalangan leksik birliklarni tizimlashtirish va ularning uslubiy-funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish orqali o‘zbek mediamatnlarida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar va milliylik omillari, ingliz mediamatnlarida pragmatik dunyoqarash ustuvorligi, har ikki tilda esa umuminsoniy kommunikativ strategiyalar-axborot va baholashning uyg‘unligi asosiy diskursiv model sifatida xizmat qilishi asoslangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi zamonaviy mediamatnlarning leksik va pragmatik tadqiqi yuzasidan:
Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida Media va axborot savodxonligi, ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlardan hamda antrotposentrik yondashuv asosida ingliz va o‘zbek tllaridagi mediadiskursning kognitiv, madaniy hamda assotsiativ qatlamlari tahlili asosida zamonaviy Internet va OAV matnlarida qo‘llaniladigan leksik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari hamda ularning axborot berish, baholash va ta’sir ko‘rsatish jarayonidagi semantik-pragmatik funksiyalari tahlillardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan. (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 21-sentyabrdagi 03/3586-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchilar va ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq matnlarini tayyorlash va uni targ‘ib qilishda yuqori natijalarga erishilgan;
Internet va OAV mediamatnlari tizimida leksik birliklarning qo‘llanilishi ularning uslubiy imkoniyatlari, ekspressiv-emotsional ifodaviyligi hamda kontekstual-pragmatik yuklamasi asosida auditoriya ongiga ta’sir ko‘rsatish, axborotni konseptuallashtirish va baholash mexanizmlarini ochib berish orqali mediadiskursning mental-modellarga tayanuvchi funksional xususiyatlari tahlillardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat televideniesining “Fayzli kun” nomli musiqiy dam olish dasturining 23.09.2023 sonida foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo telekanalining 2023-yil 27-sentyabrdagi 17-05/191-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlardagi ilmiy materiallar OAV tili va undagi matnlarning pragmatik ta’siri to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishga va uning madaniy ahamiyati xususida muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi mediabloglar, interaktiv telesuhbatlar hamda Internet platformalarida qo‘llaniladigan o‘zlashma va milliy-madaniy markirovkalangan leksik birliklarni tizimlashtirish va ularning uslubiy-funksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish orqali o‘zbek mediamatnlarida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar va milliylik omillari, ingliz mediamatnlarida pragmatik dunyoqarash ustuvorligi, har ikki tilda esa umuminsoniy kommunikativ strategiyalar-axborot va baholashning uyg‘unligi asosiy diskursiv model jihatlariga doir misollardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokanalining 2023 yil 7-avgustdagi 04-36-1179-son ma’lumotnomasi); Natijada ingliz va o‘zbek tilshunosligi mediamatnlarining kommunikativ aspektlarining o‘zaro bog‘liqlik tomonlari, internet, televideniya, radioda nutq me’yorlariga doir shakllarning farqlari va o‘xshash jihatlarini o‘rganish va ikki tilning OAVda qo‘llaniladigan leksik birliklari vazifalarini tahlil qilishga erishilgan;
mediadiskursning kognitiv-pragmatik xususiyatlari hamda intertekstuallik kategoriyasi ingliz va o‘zbek mediamatnlari materiallari asosida milly-madaniy belgilar, o‘zlashma qatlam hamda baholovchi leksemalarning jamiyat tafakkurida ijtimoiy stereotiplar, madaniy kodlar va zamonaviy kommunikativ qadriyatlarni aks ettiruvchi diskursiv tahlili natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2021–2022-yillarda bajarilgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2023-yil 4-oktyabrdagi 04-563-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston toponimik obektlari nomlari chop etilgan tadqiqotlarni o‘rganish va tahlil qilish imkoni yaratilgan.