Xoliqova Zahro Arol qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rang konseptining lingvomadaniy aspekti” 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5486
Ilmiy rahbar: Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, dotsent Xolida Yo‘ldasheva; filologiya fanlari doktori, dotsent Nafisa G‘aybullaeva
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek tilida rang bildiruvchi leksik birliklarning lingvomadaniy konsept sifatidagi xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tili materiallari asosida rang konsepti ilk bor lingvomadaniy va kognitiv yondashuv nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilindi;
o‘zbek tilida ko‘p ishlatiladigan asosiy rang konseptlarining lingvomadaniy ildizlari, ularning islomiy-falsafiy va xalqona mifologik asoslari bilan bog‘liqligi ilmiy asosda dalillandi;
rang nomlari ishtirokidagi frazeologik, paremiologik, metaforik va onomastik birliklarning milliy-madaniy mazmuni tizimli ravishda aniqlanib, ularning konseptual tuzilmasi belgilandi;
o‘zbek xalqining ramzlar, o‘xshatishlar va metaforalardagi rang ifodalari orqali shakllangan milliy qadriyatlari lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etilgan va vakolatli muassasalar tomonidan tasdiqlangan. Dissertatsiyada o‘zbek tili konseptosferasida rang konseptlarining lingvomadaniy xususiyatlarini tavsiflash asosida ishlab chiqilgan nazariy qarashlar hamda rang konseptlarining lingvokulturologik kodlari va lingvokulturemalarini aniqlashga oid yondashuvlardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209-raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida til birliklarini avtomatik aniqlash, ularning semantik xususiyatlarini belgilash hamda raqamli lingvistik modellashtirish jarayonlarida nazariy asos sifatida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 8-yanvardagi 04/1-122-son ma’lumotnomasi).
Shuningdek, o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan oq, qora, ko‘k, yashil, sariq kabi asosiy rang konseptlarining lingvomadaniy ildizlari, ularning islomiy-falsafiy hamda xalqona mifologik asoslari bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, rang konseptlarining o‘zbek tili konseptosferasidagi lingvomadaniy modeli hamda ularning xalq og‘zaki ijodi, marosimiy nutq, paremiologiya va badiiy adabiyotdagi funksional-semantik xususiyatlariga oid dissertant tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida metodik va nazariy asos sifatida foydalanilgan. Mazkur ilmiy natijalar Alisher Navoiy asarlarining mualliflik korpusini shakllantirish, undagi rang birliklarining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, ularning konseptual-semantik modellarini belgilash hamda badiiy matnlarda ifodalanish xususiyatlarini tizimlashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 7-apreldagi № 04/1-1884-son ma’lumotnomasi).
Tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy xulosalar Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining “Ochiq muloqot” radioeshittirishida yoritilib, ommaviy kommunikatsiya amaliyotiga tatbiq etildi. Radioeshittirish jarayonida rang konseptining lingvomadaniy jihatlari, ularning milliy tafakkur, madaniy qadriyatlar hamda til birliklarida aks etishi, shuningdek ranglarning lingvokulturologik kod sifatidagi xususiyatlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar keng auditoriyaga etkazildi. Bu esa rang konseptining til va madaniyat tizimidagi o‘rni hamda lingvomadaniy ahamiyatini ommalashtirishga xizmat qildi (Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining 2026-yil 18-fevraldagi 17-05/38-son ma’lumotnomasi)