Choriqulov Rustamjon Ibodulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning ilmiy-didaktik asoslari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7369
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Uroqov Sherzod Raxmonovich, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent; Zaripov Lochin Rustamovich, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning ilmiy-didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayoni individual ta’lim traektoriyasi va sun’iy intellekt vositalari integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan “o‘rganishga o‘rgatish”, “bajarishga o‘rgatish” tamoyillariga ustuvorlik berish orqali produktiv tavsifga ega bo‘lishi aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish mazmuni variativ o‘quv vazifalarini loyihalash, kvalimetriyaga asoslangan baholashning innovatsion shakllarini modifikatsiyalash orqali kvazikasbiy faoliyatga tayyorlash mantiqini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish modelining tashkiliy-didaktik komponenti raqamli texnologiyaga asoslangan o‘qitish texnikalarini vitagen tajriba bilan uygʻun tarzda imitatsiyalash algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat, natija kabi bosqichlardan iborat mexanizmning kognitiv jarayonlar bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning ilmiy-didaktik asoslarini takomillashtirishga doir natijalar asosida:
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonini individual ta’lim traektoriyasi va sun’iy intellekt vositalari integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan “o‘rganishga o‘rgatish”, “bajarishga o‘rgatish” tamoyillariga ustuvorlik berish orqali produktiv tavsifga ega bo‘lishi aniqlashtirish, kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish mazmunini variativ o‘quv vazifalarini loyihalash, kvalimetriyaga asoslangan baholashning innovatsion shakllarini modifikatsiyalash orqali kvazikasbiy faoliyatga tayyorlash mantiqini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariylarida (2024 -2025 yillar) tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasining 2025-yil 3-oktyabrdagi 05-09-1543-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning didaktik parametrlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish modelining tashkiliy-didaktik komponentini raqamli texnologiyaga asoslangan o‘qitish texnikalarini vitagen tajriba bilan uygʻun tarzda imitatsiyalash algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir takliflardan QarDU, BuxDU, NavDU oliy ta’lim muassasalari talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarini samarali tashkil etish modeli ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 12 fevraldagi 02/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarini modellashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlarini tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat, natija kabi bosqichlardan iborat mexanizmning kognitiv jarayonlar bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action “1- Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” nomli loyihasida foydalanilgan(2025yil 6-oktyabr № 01/4-4730-son ma’lumotnomasi) Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning didaktogen produktivligini ta’minlashga erishilgan.
kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik mexanizmi samaradorligi tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat, natija kabi bosqichlarning kognitiv jarayonlar bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlashga doir takliflardan QarDU, BuxDU, NavDU oliy ta’lim muassasalari talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarini samarali tashkil etish modeli ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 12 fevraldagi 02/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, individual ta’lim traektoriyalari shakllanib, onlayn monitoring va tahlil imkoniyatlari kengayadi hamda o‘qituvchi-talaba o‘zaro aloqasi interaktiv tus oladi.