Davlatova Muhayyo Hasanovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Fe’l predikatlarining funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: №I2025.4.DSc/Fil1104
Ilmiy maslahatchi: -.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Hamidova Muborak Hafizovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzulloev Otabek Muhammadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida fe’l predikatlarining funksional-semantik xususiyatlarining mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi funksional-semantik maydonni hosil qilishda leksik, grammatik, semantik, sintaktik sathlar aloqadorligi va ushbu jarayonda fe’lli predikatlarning o‘timlilik, o‘timsizlik kategoriyalari, predikat semantikasining chegaralanganlik va chegaralanmaganlik aspektuallik tarkibida faollashishi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillarda fe’lli predikatlarning semantik farqlanishi kontekstdagi birliklarning leksik ma’nosi va ushbu leksemalarning aksional guruhlariga (chegaralangan, chegaralanmagan, ushbu ikki xususiyatli) bog‘liqligi, ularning til sathlarida lisoniy voqelanishini ta’minlovchi asosiy kategoriyalar ekanligi aniqlangan;
o‘zbek tilida rezultativlik -gan shakliga ega bo‘lgan sifatdosh va bo‘lmoq, qolmoq, ketmoq ko‘makchi fe’llar vositasida, kauzativlik esa -ir, -at, -la affikslari hamda ba’zi fe’llarning leksik ma’nosi yordamoda shakllansa, ingliz tilida konstruksiyalarning barchasi subekt (A+S) va obekt (P) kabi bir xil modellar negizida ifodalanib, ulardagi “ma’no ko‘lamidagi” farqlar konstruksiyalarning ditranzitiv, kauzativ, intranzitiv, rezultativ kabi turlarini hosil qilishi dalillangan;
har ikkala tilda aspektuallik, kauzativlik, rezultativlik kabi semantik komponentlar kontekst asosida chegaralanib, fe’l va uning argumentlari o‘rtasidagi munosabat, kontekstda yuzaga keladigan semantik kengayishlar, ko‘makchi fe’llar va konstruktiv polisemiya kabi omillar FSM tuzilmasini tashkil etuvchi markaziy elementlar ekanligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida iterativlik o‘z ifodasini ikkita asosiy shaklda: sintetik iterativlik-grammatik vositalar (affikslar, qo‘shimchalar) orqali hamda analitik iterativlik-leksik vositalar orqali, ya’ni fe’lning o‘zi yoki unga qo‘shilgan boshqa so‘zlar vositasida, ma’nodosh yoki sinonim harakatlarning ketma-ketligi, takroriyligi orqali iterativlik ifodalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida fe’l predikatlarining funksional-semantik xususiyatlari tadqiqi natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi funksional-semantik maydonni hosil qilishda leksik, grammatik, semantik, sintaktik sathlar aloqadorligi va ushbu jarayonda fe’lli predikatlarning o‘timlilik, o‘timsizlik kategoriyalari, predikat semantikasining chegaralanganlik va chegaralanmaganlik aspektuallik tarkibida faollashishiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuyidagi fundamental loyihada foydalanilgan (ToshDO‘TAUning 2024-yil 20-fevraldagi №04/1-446-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’l birikmalariga turli sathlarda yondashish mazkur obektning transformatsion va derivatsion xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, fe’lning antropologik, psixologik va kognitiv munosabatlarini yoritish imkonini bergan;
qiyoslanayotgan tillarda fe’lli predikatlarning semantik farqlanishi kontekstdagi birliklarning leksik ma’nosi va ushbu leksemalarning aksional guruhlariga (chegaralangan, chegaralanmagan, ushbu ikki xususiyatli) bog‘liqligi, ularning til sathlarida lisoniy voqelanishini ta’minlovchi asosiy kategoriyalarga doir nazariy xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-007 “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual-falsafiy muammolari tahlili” mavzuidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zMUning 2025-yil 28-apreldagi № 04/11-5487-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’lli predikatlarning funksional hamda semantik xususiyatlarini kognitiv nuqtayi nazardan talqin qilish imkoniyati yaratilgan;
o‘zbek tilida rezultativlik -gan shaklidagi sifatdosh hamda bo‘lmoq, qolmoq, ketmoq ko‘makchi fe’llari vositasida, kauzativlik esa -ir, -at, -la affikslari hamda ayrim fe’llarning leksik ma’nosi yordamida shakllanishi, ingliz tilida esa bunday konstruksiyalar subekt (A+S) va obekt (P) modellari negizida ifodalanib, ulardagi ma’no ko‘lamiga oid farqlar ditranzitiv, kauzativ, intranzitiv va rezultativ konstruksiyalarni hosil qilishiga oid xulosa va natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Erasmus+ dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 20-fevraldagi №415/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy xulosalar ingliz tilida kommunikativ muloqot jarayonida lisoniy va nutqiy tuzilmalarni tasniflashga xizmat qilgan;
har ikkala tilda aspektuallik, kauzativlik va rezultativlik kabi semantik komponentlar kontekst asosida chegaralanishi, fe’l va uning argumentlari o‘rtasidagi munosabat, kontekstda yuzaga keladigan semantik kengayishlar, ko‘makchi fe’llar hamda konstruktiv polisemiya funksional-semantik maydon tuzilmasini tashkil etuvchi markaziy elementlar ekanligiga doir xulosa va natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022–2024-yillarda AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda, AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (SamDChTIning 2025-yil 22-maydagi №1539/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalarni turli tizimli tillarda lisoniy tuzilmalarning lingvokognitiv asoslarini belgilash va ularni o‘qitish jarayoniga tatbiq etishda qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida iterativlik ikki asosiy shaklda: sintetik iterativlik grammatik vositalar – affikslar va qo‘shimchalar orqali, analitik iterativlik esa leksik vositalar, ya’ni fe’lning o‘zi yoki unga qo‘shilgan boshqa so‘zlar, ma’nodosh yoxud sinonim harakatlarning ketma-ketligi va takroriyligi orqali ifodalanishiga doir xulosalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Til – millat ko‘zgusi”, “Assalom, Buxoro”, “Adabiy muhit”, “Najot bilimda” teledasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 26-iyundagi №01-09-146-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ularning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi hamda ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilishiga erishilgan.