Raximova Shaxnoza Raximovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kolum Makkenn prozasida tarixiy mojarolar va shaxsiy tajriba ruhiy jarohatlar triggeri sifatida”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.PhD/Fil6746.
Ilmiy rahbar: Niyazova Moxichexra Xayatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xamdamova Sitora Baxshilloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kolum Makkenn prozasida tarixiy mojarolar va shaxsiy tajribaning ruhiy jarohatlar triggeri sifatidagi funksiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kolum Makkenning “Apeyrogon”, “TransAtlantika” va “Ajib dunyo aylanaversin” romanlarida shaxsiy travmalarni shakllantiruvchi asosiy triggerlar sifatida Holokost, terrorizm, qullik, bosqin va fuqarolar urushi kabi tarixiy mojarolarning badiiy ahamiyati, asarlarda uydirma va tarixiy qahramonlar misolida kollektiv tarixiy xotira fonida travmatik tajriba shakllanish mexanizmi ustivorligi aniqlangan;
Kolum Makkenning asarlarida post-xotira va vikariya travmasining xususiyatlari fotosuratlar, tovushlar, maktublar, kiyim-kechak va madaniy obrazlar kabi badiiy elementlar latent xotiralarni faollashtiruvchi trigger sifatida ishlatilgani, travmani ifodalash shakllari sifatida takror, fragmentatsiya, xronotopik beqarorlik va intermediyaviylik kabi omillar negizida shakllanishi asoslangan;
Kolum Makkenn asarlarida bayon strukturasining travmatik mazmun bilan bog‘liqligi siklik vaqt, lirik chekinishlar, intermediyalar va meta-tarixlar orqali namoyon bo‘lishi K. Karut, M. Xirsh, F. Jeymison va X. Uaytning postmodern tasvir va tarixni narrativ sifatida talqin qilish nazariyalariga muvofiqligi, travmatik mazmun va matn shaklini o‘zgartirish o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
Biografik asar qahramonlari travma tashuvchisi sifatidagi roli, erkak va ayol qahramonlar travmatik tajribani harakat, sukut, vizual ramzlar yoki matn orqali turlicha saqlashi va uzatishi, empatiya (boshqalar dardini his qilish) va tinglash orqali o‘z travmasini yuzaga chiqishi mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kolum Makkenn prozasida tarixiy mojarolar va shaxsiy tajribaning ruhiy jarohatlar triggeri sifatida ta’sirini o‘rganishga doir ishlab chiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida:
Kolum Makkenning “Apeyrogon”, “TransAtlantika” va “Ajib dunyo aylanaversin” romanlarida shaxsiy travmalarni shakllantiruvchi asosiy triggerlar sifatida Holokost, terrorizm, qullik, bosqin va fuqarolar urushi kabi tarixiy mojarolarning badiiy ahamiyati, asarlarda uydirma va tarixiy qahramonlar misolida kollektiv tarixiy xotira fonida travmatik tajriba shakllanish mexanizmi ustivorligiga oid ilmiy va nazariy xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024–2025 yillarda bajarilgan IL-7823051524-sonli “Paratranslator – parallel korpusga asoslangan elektron kontekstologik tarjima lug‘at platformasini yaratish” fundamental loyihasida foydalanilgan. Natijada zamonaviy adabiyotshunoslik, postmodernizm va uning tuzilma-uslubiy xususiyatlari bo‘yicha materiallarning mazmuni sezilarli darajada yaxshilanishiga erishilgan;
Kolum Makkenning asarlarida post-xotira va vikariya travmasining xususiyatlari fotosuratlar, tovushlar, maktublar, kiyim-kechak va madaniy obrazlar kabi badiiy elementlar latent xotiralarni faollashtiruvchi trigger sifatida ishlatilgani, travmani ifodalash shakllari sifatida takror, fragmentatsiya, xronotopik beqarorlik va intermediyaviylik kabi omillar negizida shakllanishiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universiteti va Bolgariyaning Sofiya universiteti hamkorligida amalga oshirilgan “KA-171 akademik almashinuv loyihasi” xalqaro loyihasida foydalanilgan. Natijada zamonaviy jahon adabiyoti tendensiyalari bo‘yicha ilmiy adabiyot bazasi boyitilgan va badiiy narrativ bilan tarixiy xotira o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yanada chuqurroq talqin qilinishiga erishilgan;
Kolum Makkenn asarlarida bayon strukturasining travmatik mazmun bilan bog‘liqligi siklik vaqt, lirik chekinishlar, intermediyalar va meta-tarixlar orqali namoyon bo‘lishi K. Karut, M. Xirsh, F. Jeymison va X. Uaytning postmodern tasvir va tarixni narrativ sifatida talqin qilish nazariyalariga muvofiqligi, travmatik mazmun va matn shaklini o‘zgartirish o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida namoyon bo‘lishiga doir xulosa va natijalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida “Assalom Buxoro”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish