Eshmuratova Dildor Urolovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz religionimik birliklarining funksional va stilistik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.DSc/Fil934
Ilmiy rahbar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Xadjieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sharipova Aziza Abdumanapovna (DSc), filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz religionimik birliklarining funksional va stilistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
religionimik birliklarning iste’molga kiritilishi madaniy va tarixiy tamoyillar,  siyosiy ta’sir, etika va axloqiy qadriyatlar, dinlararo dialog va toqat tushunchalari, diniy tushunchalar tadqiqida psixologik va ruhiy jihatlar, interdisiplinar yondashuv kabi omillar ustivorligida shakllanganligi aniqlangan;
ingliz religionimik birliklarining funksional xususiyatlari xalqning diniy-etiqodiy tushunchalari, milliy-madaniy qadriyatlari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, til va nutq madaniyati, lisoniy xususiyatlari, poetik tafakkuri integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
ingliz badiiy diskursida religionimik birliklar anglikanizm, katolik va protestantlik kabi diniy idora tillari ifodalangan kultural va tarixiy kontekstlar, biblizmlar, arxaizmlar, Injildan kelib chiqqan maqol va iboralar metaforik, metonimik modellar kabi lingvistik namunalar misolida namoyon bo‘lishi dalillangan;
religionimik ikonlar va simvollarning semiotik belgilari diniy metaforalar va aforizmlar asosida kognitiv jarayonlarni hosil qilishi hamda ular diniy hikoyalar, qadriyatlar yoki e’tiqodlarni ifodalashda mantiqiy qiymat kasb etishi isbotlangan;
ingliz religionimik birliklarining stilistik xususiyatlari diniy mavzular: gunoh va kechirim, zohiriy va botiniy, ruhiy kamolot hamda jamiyatning madaniy hayotini tasvirlovchi, bayramlar va diniy marosimlar, milliy adabiyot kabi diniy metaforalar funksionalligining birlamchi omillari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
 religionim birliklarning iste’molga kiritilishi madaniy va tarixiy tamoyillar,  siyosiy ta’sir, etika va axloqiy qadriyatlar, dinlararo dialog va toqat tushunchalari, diniy tushunchalar tadqiqida psixologik va ruhiy jihatlar, interdisiplinar yondashuv kabi omillar ustivorligida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan  IL21091433 raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Wikipedia elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 2-apreldagi №01/4-1203-son maʼlumotnomasi). Natijada chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar innovatsion loyiha doirasida elektron platforma, nazariy va amaliy manbalar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.  
ingliz religionim birliklarining funksional xususiyatlari xalqning diniy-etiqodiy tushunchalari, axloqiy qadriyatlari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, til va nutq madaniyati, lisoniy xususiyatlari, poetik tafakkuri integratsiyasi negizida shakllanganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan AQSh elchixonasi hamda Amerika Kengashi hamkorligida moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-martdagi № 721/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz religionimik birliklardan loyiha negizida tashkil etilgan madaniy, shaxsiy rivojlanish va jamoaga xizmat ko‘rsatish faoliyat tadbirlarini tashkil qilishda foydalanilgan;
 ingliz badiiy diskursida religionim birliklar anglikanizm, katolik va protestantlik kabi diniy idora tillari ifodalangan kultural va tarixiy kontekstlar, biblizmlar, arxaizmlar, Injildan kelib chiqqan maqol va iboralar, metonimik modellar kabi lingvistik namunalar misolida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida amalga oshirilgan 81-12/202 “Milliy qadriyatlar yoshlar ardog‘ida” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 22-martdagi №ML01/01-13-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz religionimik birliklarning funksional va stilistik tahliliga bag‘ishlangan misollardan foydalanish ilmiy loyihaning amaliy dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan;
 religionimik ikonlar va simvollarning semiotik belgilari diniy metaforalar va aforizmlar asosida  kognitiv jarayonlarni hosil qilishi hamda ular diniy hikoyalar, qadriyatlar yoki e’tiqodlarni ifodalashda mantiqiy qiymat kasb etishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida amalga oshirilgan 90-01/38 “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi ta’siri”mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 22-martdagi №ML01/01-12-son ma’lumotnomasi).   Natijada, inglizzabon xalqlari religionimik birliklarining stilistik bo‘yoqdorligi badiiy matn asosini tashkil etishi kabi xulosalardan loyihada foydalanilgan;
religionimlarni pragmatik fenimin sifatida o‘rganish va kvantitativ usul orqali linvopragmatik tahlil qilish natijasida religionimlarning milliy identivlik va ijtimoiy o‘zgarishlarni yanada chuqurroq tushunishga imkon beruvchi  markaziy element ekanligi kabi tadqiqot natijalari va yangiliklaridan, Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan F-7-13 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 04-martdagi 04/11-4412-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayyorlangan tarqatma materiallar, uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar va adabiyotlar ilmiy-nazariy manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish