Usmanova Xumora Ahmadjonovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
O‘zbek she’riyatida ramzlar va ularning lingvopoetik xususiyatlari, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2410 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich filologiya fanlari doktori 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc 05/2025.27.12 Fil.15.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, professor Muyassar Saparniyazova
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili she’riy matnlaridagi mumtoz-an’anaviy va xususiy-mualliflik ramzlari tabiatini o‘rganish, ularning o‘ziga xos adabiy-estetik tamoyillarini tadqiq etish hamda individual jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligida she’riy ramzlar ilk bor lingvosemiotik, lingvopoetik va lingvomadaniy yondashuvlar integratsiyasi asosida kompleks tizim sifatida tadqiq qilindi hamda ularning nazariy talqini konseptual jihatdan aniqlashtirildi;
o‘zbek she’riyatidagi ramzlarning lingvosemiotik tasnifi ishlab chiqildi va ular mumtoz-an’anaviy hamda xususiy guruhlarga ajratildi; mazkur tasnifning semantik va funksional mezonlari asoslab berildi;
ramzlarning badiiy g‘oya ifodasidagi o‘rni va poetik maqsad verbalizatsiyasidagi roli aniqlanib, ularning she’riy matn semantikasini ko‘p qatlamli struktura sifatida shakllantirishi ilmiy jihatdan isbotlandi;
she’riy matnda ramzlarning yashirin va oshkora ifodalanish mexanizmlari tizimlashtirildi hamda ularning estetik ta’sirchanlik va interpretativ imkoniyatlarni kuchaytirishdagi funksiyasi ochib berildi;
ramzlarning ma’no tashish xususiyatlari leksik-semantik, assotsiativ va pragmatik aspektlarda tahlil qilinib, ularning ko‘p bosqichli semantik modelga ega ekani asoslandi;
ramzlarning metafora va boshqa ko‘chim turlaridan farqli jihatlari aniqlashtirildi hamda ularning barqaror madaniy kod sifatidagi maqomi ilmiy dalillar asosida belgilandi;
o‘zbek she’riyatidagi ramzlar milliy tafakkur, madaniy xotira va estetik dunyoqarashning lingvistik modeli sifatida talqin qilindi va bu yondashuv konseptual jihatdan asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek she’riyatida ramzlar va ularning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot doirasida ilgari surilgan o‘zbek she’riyatida ramzlarning badiiy ahamiyati, ramziy obrazlarning she’riyatda tutgan o‘rni, tasvir va ifoda usullari, estetik funksiyasi haqidagi qarashlaridan hamda tadqiqotda berilgan o‘zbek she’riyatida ramzlarning lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlari yoritilgan mumtoz va zamonaviy she’riy matnlari tahlilidan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish” (lug‘atning mobil ilovasi va vebsaytini yaratish) mavzusidagi innovatsion loyihada ramz va unga yondosh hodisalar izohlanganda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 3-iyuldagi 3/1255-1637-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining lisoniy birliklar vositasida asoslanganlik darajasi oshgan hamda mazmunan boyigan; 
o‘zbek she’riyatida qo‘llangan ramzlarning shakliy uslubiy xususiyati, ramz va obrazlar tizimi tamoyillari, xususiy-mualliflik belgilari, lingvopoetik xususiyatlari, evolyusiyasining ko‘lami, xalq og‘zaki ijodi bilan uyg‘un qirralari haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-662204393 raqamli “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 18-iyundagi № 01-21-04/2094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi yangilanishlar, lingvopoetik tushunchalari bilan to‘ldirilishida tadqiqot ishi manba vazifasini bajargan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish