Ashirov Odilbek Maxsudovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
O‘zbek mumtoz filologiyasida qipchoq lahjasi tadqiqiga oid manbalar, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil6695
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurjonov Oybek Erkin o‘g‘li filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc 05/2025.27.12 Fil.15.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari nomzodi, professor, Yusufov Berdaq, filologiya fanlari doktori, professor O‘razbaev Abdulla Durdibaevich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek mumtoz filologiyasi tarixiga daxldor bo‘lgan XI–XV asrlarga mansub nodir yozma va toshbosma manbalarni tarixiy-lingvistik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan kompleks tadqiq etish, ularning leksik-grammatik xususiyatlarini yoritish hamda bu asarlarning eski o‘zbek tili qipchoq qatlami shakllanishidagi tarixiy o‘rnini dalillashdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XI–XII asrlarga mansub “Devonu lug‘otit turk” va “Muqaddimat ul-adab” asarlaridagi fonetik-leksik qaydlar hamda mamluk-qipchoq davriga oid leksikografik manbalarning tipologik tasnifi asosida o‘rta asrlardayoq qipchoq va o‘g‘uz lahjalarining lisoniy chegaralari ilmiy jihatdan farqlangani aniqlangan; 
yozma yodgorliklardagi qipchoq lahjasiga xos fonetik (z-lashish, g‘ ning saqlanishi), morfologik (-nıñ qaratqich va -g‘ali maqsad ravishdoshi) va leksik xususiyatlarning zamonaviy o‘zbek tili qipchoq shevalaridagi (Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo) relikt (qoldiq) ko‘rinishlari bilan genetik vorislikka ega ekanligi qiyosiy-tarixiy tahlillar asosida dalillangan; 
o‘rta asrlarda yaratilgan sohaviy (veterinariya, ippologiya, harbiy ish) asarlar tadqiqi misolida eski o‘zbek tilining qipchoq qatlami faqat so‘zlashuv vositasi emas, balki murakkab ilmiy-texnik tushunchalarni ifodalovchi, maxsus terminologik bazaga ega funksional fan tili darajasida shakllangani ochib berilgan; 
tadqiq etilgan mamluk-qipchoq manbalarining o‘zbek tili tarixidagi qoraxoniylar davri va eski o‘zbek (chig‘atoy) tili davri oralig‘idagi uzilishlarni to‘ldiruvchi muhim bog‘lovchi halqa (prototip) vazifasini o‘taganligi nazariy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz filologiyasida qipchoq lahjasi tadqiqiga oid manbalarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar (yangiliklar) asosida: 
ishning o‘rta asrlarda qipchoq va o‘g‘uz lahjalarining tasnifiy farqlanishiga doir va manbalardagi fonetik-morfologik xususiyatlarning zamonaviy qipchoq shevalarida relikt holda saqlanganligini dalillash bo‘yicha olingan xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-662204393 raqamli “Qoraqalpog‘iston folklorshunosligi antologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2025-yil 9-dekabrdagi 01.21.04/3740-son ma’lumotnomasi). Natijada, qipchoq lahjasiga oid tarixiy-lisoniy materiallar antologiyaning dialektologik va etnografik jihatdan boyishiga xizmat qilgan; 
mamluk-qipchoq manbalarining o‘zbek tili shakllanishidagi bog‘lovchi halqa sifatidagi o‘rniga oid ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 16-dekabrdagi 802/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi qoraqalpoq lirikasini morfologik va etimologik aspektda tahlil qilishda dissertatsiyadagi xulosalar muhim nazariy tayanch vazifasini o‘tagan;
qipchoq tilining sohaviy va funksional fan tili sifatida shakllanganligi va umumiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” DMning “Kúsh bilimde” va “Qayırlı tań” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” DMning 2025-yil 30-dekabrdagi 05-22/792-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining boy tarixi va yozma yodgorliklari haqida xalqimizga ilmiy asoslangan ma’lumotlar etkazilishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish