Axmadjanov Ibroxim Akrom o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy va ikkilamchi xom-ashyolar asosida litiy saqlagan birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1177.
Ilmiy rahbar: Berdiev Sanjar Allanazarovich, texnika fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gafurovich, texnika fanlari doktori, professor; Hakimov Farrux Shokirjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlarini qayta ishlash hamda ular asosida litiy saqlagan birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlar oksalat kislota va uning hosilalari yordamida  qayta ishlanganda litiy 91% unum bilan, kobalt, nikel, marganes va boshqa metallar 99% dan yuqori unum bilan bir bosqichda cho‘ktirish usuli yordamida ajratib olingan va jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
litiy karbonat va paxta yog‘-moy zavodi qoldiq mahsuloti asosida surkov moylari uchun litiyli quyultirgichlar (litiyli sovun) olingan hamda uning fizik-mexanik, termik barqarorlik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
litiy karbonat va polivinilspirt asosida elementorganik sorbent olish usuli ishlab chiqilgan va olingan sorbentning sho‘r suv tarkibidagi litiy (Li+) konsentratsiyasini 350,44 mg/l dan 149,7 mg/l gacha kamaytirishi hamda sig‘imi - 8,2 gr/l ni tashkil etishi aniqlangan;
ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlarini qayta ishlab tarkibidagi qimmatbaho metallarni ajratib olish hamda litiy karbonat asosida litiy saqlagan mahsulotlar olishning iqtisodiy va ekologik samarador texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishni tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlarni organik reagentlar bilan qayta ishlab zararsizlantirish texnologiyasi “O‘zikkilamchiranglimetall” xorijiy investisiyalar ishtorokidagi aksiyadorlik jamiyati korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 23 iyuldagi 877-01/07-son ma’lumotnomasi)). Natijada, kobalt, nikel, marganes va mis kabi og‘ir metallarni 99% dan yuqori unum bilan cho‘ktirib tozalash orqali litiy-ion akkumulyatorlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlarni qayta ishlab qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasi “O‘zikkilamchiranglimetall” xorijiy investisiyalar ishtorokidagi aksiyadorlik jamiyati korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 23-iyuldagi 877-01/07-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishdan chiqqan litiy-ion akkumulyatorlari tarkibidan 97% tozalikdagi  litiy karbonatini 91% unum bilan ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish