Xolmirzaev Firuz Suyun o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yo‘l belgilari uchun tez quriydigan organik qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5249.
Ilmiy rahbar: Tillaev Abdulhafiz Toshevich, texnika fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Fan va taraqqiyot» DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: butilakrilat-stirol va akrilonitril-stirol sopolimerlardan ishqalanishga bardoshli qoplama hosil qiluvchi moddalar sintez qilish va ular asosida yo‘l belgilari uchun tez quriydigan organik qoplamalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l belgilari uchun tez quriydigan organik qoplamalar olishda sopolimerlash usuli yordamida olingan butilakrilat-stirol va akrilonitril-stirol sopolimerlari sintez qiligan va optimal sharoitlari ishlab chiqilgan;
fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari, qoplama hosil qiluvchi moddalar talablariga javob beradigan akril-stirol sopolimerlarini olish uchun boshlang‘ich monomerlar nisbati aniqlangan;
yo‘l belgilari uchun organik qoplamalar sintezida sopolimerlanish jarayoni uchun erituvchi hamda shu erituvchida yaxshi eriydigan inisiator tanlandi, bu orqali belgilangan vazifadagi qoplama hosil qiluvchi akril-stirol sopolimerlari sintez qilingan;
sopolimerlanish reaksiyasi orqali molekulyar massasi 5.8 – 6.0 kDa bo‘lgan, quruq qoldiq massasi 50% bo‘lgan sopolimerlar sintez qilindi va shu asosida yo‘l belgilari uchun tez quriydigan organik qoplamalar olingan;
yo‘l belgilari uchun qoplamalar olishda tarkibi akril-stirol sopolimerlaridan foydalanish: ishqalanishga bardoshli, kimyoviy moddalarga, ultrabinafsha nurlarga, kislotali yomg‘irga chidamli qoplamalarni olinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Butilakrilat, akrilonitril va stirol monomerlari asosidagi sopolimerlardan yo‘l belgilari uchun tez quriydigan organik qoplamalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
akrilonitril-stirol sopolimerlaridan AS-50 markali qoplama hosil qiluvchi modda olish texnologiyasi “SOBSAN NGM” MChJ xorijiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“SOBSAN NGM” X.K. MChJ xorijiy korxonasining 2024 yil 26 dekabrdagi 33 son ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi ta’sirlarga, kislotali yomg‘irga va quyosh nurlariga chidamli hamda ishqalanishga bardoshli organik qoplamalar ishlab chiqarish imkonini bergan;
sintez qilingan sopolimerlar asosida BS-50 markali organik qoplama olish texnologiyasi “SOBSAN NGM” MChJ xorijiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“SOBSAN NGM” X.K. MChJ xorijiy korxonasining 2024 yil 26 dekabrdagi 33 son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yo‘l belgilari uchun qoplamalarni qo‘llash iqtisodiy samaradorlikni 19,6% ga oshirish imkonini bergan.