G‘aybullaeva Anora  Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rezina saqlagan gibrid elastomer asosida polimer-bitum materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6339.
Ilmiy rahbar: Mavlanov Babaxan, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti. 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshidinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Sapashov Ikramjan Yaumitbaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rezina saqlagan gibrid elastomerlar asosida polimer-bitum kompozisiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ishlatilgan shinalarning termooksodestruksiya jarayonida destruksiya bosqichi 300 °C da boshlanib, asosiy polimer zanjirlar parchalanishi 570 °C da to‘liq parchalanib, 55% mineral va uglerod qoldig‘i borligi ilmiy asoslangan;
termooksodestruksiyalangan shininaning IQ spektrida 2950-2850 sm⁻¹, 1740-1718 sm⁻¹, 428 sm⁻¹ tebranishlari organik va noorganik kompleks birikmalar borligi natijasida bitum modifikatsiyasida samarali komponent sifatida qo‘llanilishi ilmiy isbotlangan; 
BND 50/70 markali bitum 82-86% miqdoriga, 5-10% rezina kukuni, 2-5% termoplastik elastomer, 2,5-3 % stabilizator va 1,5-3 % plastifikatorlardan tashkil topgan komponentlarni modifikatsiyalash asosida iqlim sharoitiga moslashtirilgan polimer-bitum kompozisiyalari yaratilgan;
modifikatsiyalangan (RSGEPB-4) kompozisiya tarkibidagi optimal S–S, C=C, Si–O–S, C=S va C–N funksional guruhlar hisobiga penetratsiyasi 74 mm dan 59 mm gacha, cho‘zilishi 28 sm dan 24 sm gacha, mo‘rtlashish harorati -16oC dan -24oC gacha kamayishi, yumshash harorati 52 oC dan 70 oC gacha, elastikligi 62% dan 81% ga  ortishi natijasida  polimer-bitumning reologik xossalari taminlanishi isbotlangan;
gibrid elastomerlar asosida polimer-bitum kompozisiyalar olishning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Rezina saqlagan gibrid elastomerlar asosida polimer-bitum  materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rezina saqlagan gibrid elastomerlar asosida modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozisiyalarini olish usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 3 sentyabrdagi 15/116-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, penetratsiya miqdori, cho‘zilishi, mo‘rtlashish harorati kamaytirilgan, yumshash harorati, elastikligi ortishi natijasida polimer-bitum bog‘lovchilarini ishlab chiqarish imkonini beradi; 
termooksodestruksiyalangan rezina bilan funksional qo‘shimchalarni modifikatsiyalash usuli asosida olingan polimer-bitum kompozisiyalari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar  ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 3 sentyabrdagi 15/116-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bitum asosli gibrid kompozisiyaning 25 oC haroratda cho‘zilishi 28 sm dan 24 sm gacha kamayishi, elastikligi 62% dan 81% gacha, 135 oC dinamik qovushqoqligi 0,85 dan -1,60 gacha (Pa·s) oshishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish