Abdumalıkov Abdulaziz Abdulmajıd o‘g‘lınıng
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi xomashyo - past molekulyar polietilen asosida uglerodli adsorbentlar yaratishning kolloid-kimyoviy asoslari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K1151.
Ilmiy rahbar: Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K/T.34.03.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor; Xoshimov Farxod Fayzullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qaraqolpoq davlat universieti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ıkkilamchi xomashyo – past molekulyar polietilen asosida uglerodli adsorbentlar yaratishning kolloid-kimyoviy asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PMPE ning termobarqarorligidagi farqlar uglerod chiqishiga ta’sir qilishi, 1000 °C da termik ishlov berilganda qoldiq PMPE-1, PMPE-2 va PMPE-3 uchun mos ravishda taxminan 33, 38 va 53% ni tashkil etishi, bu esa PMPE-3 ning o‘rtacha molekulyar massasi va kristallik darajasining yuqoriligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
KOH/karbonizat≈0,7 nisbatda kimyoviy faollashtirish jarayonida ko‘mirning yanada tartiblangan mikro/mezog‘ovak tuzilishi hosil bo‘lishi, bu esa solishtirma yuzaning va mikrog‘ovaklar hajmining mos ravishda 895 m2/g va 1,21 sm3/g gacha ortishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
kimyoviy faollashtirilgan ko‘mirlarda yod sonining o‘zgarishi ularning g‘ovakligi o‘zgarishiga mos kelishi, KOH/karbonizat≈0,7 nisbatda yod soni 1106 mg/g gacha etishi, R=1,0 da esa ~995 mg/g gacha kamayishi, bu esa faollashtiruvchi sarfi ortganda avval hosil bo‘lgan g‘ovaklarning buzilishi hisobiga ko‘mir mikrog‘ovakligining kamayishini ko‘rsatishi aniqlangan;
neft mahsulotlarining adsorbsiyasi g‘ovaklarni to‘ldirish mexanizmi va sirtning faol markazlari bilan o‘zaro ta’sir hisobiga borishi asoslangan, bunda I-20A adsorbsiyasi uchun Lengmyur parametrlari qmax≈110–113 mg/g va KL≈0,044–0,122 l/mg ni, naftenatlar adsorbsiyasi uchun esa KL=0,131 l/mg va qmax≈82,4 mg/g ni tashkil etishi aniqlangan;
«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning haqiqiy oqova suvlarida 1 kg/m3 miqdordagi U07 ko‘miri sarflanganda neft mahsulotlarini ≈94% gacha (912 dan 56 gacha; 353 dan 22 mg/l gacha), XPK ni 97,4/96,3 % ga, BPK5 ni 82/94,8% ga kamaytirishni ta’minlashi, bu esa PMPE asosida olingan kimyoviy faollashtirilgan ko‘mirlarning rivojlangan g‘ovak tuzilishi va faol sirtiga bog‘liqligi isbotlangan;
geksan bilan ekstraksion regeneratsiya yanada resurs tejamkor davrlanishni ta’minlashi (10-davrga kelib Rq≈0,69, CO2 da esa ≈0,60; 7-davrga kelib massa yo‘qotishi ~10,3%, CO2 da esa ~12,5%), bu esa adsorbatlarning uglerod matrisasini yo‘qotmasdan selektiv chiqarilishi va mazkur ko‘mirni ko‘p marta qo‘llash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Past molekulyar polietilen asosida faollashtirilgan ko‘mirlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
neft mahsulotlaridan oqova suvlarni tozalash uchun KOH bilan faollashtirilgan past molekulyar polietilen asosidagi taklif etilayotgan adsorbentlar va ularni qo‘llash usullari «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2026-2027 yillarda amaliyotiga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 22 dekabrdagi  15/121-son ma’lumotnomasi). Natijada, PMPEdan olingan KOH bilan faollashtirilgan ko‘mir (U07 namuna, R≈0,7) ni 1 g/l miqdorda (25°C, 2 soat) qo‘llash orqali neft mahsulotlarini 93,9% gacha (912 mg/l dan 56 mg/l gacha) kamaytirish imkonini beradi;
past molekulyar polietilen asosidagi ko‘mir adsorbentlarni regeneratsiya qilish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2026-2027 yillarda amaliyotiga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 22 dekabrdagi  15/121-son ma’lumotnomasi). Natijada, CO2 oqimida 300-350ºS da 60-90 daqiqa davomida o‘tkazilgan to‘rt mattalik regeneratsiya adsorbentning dastlabki adsorbsiya faolligining 90% gacha saqlanib qolish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish