Tadjieva Durdona Oblokulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Oqova suvlarni tozalash inshootlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish», 05.09.04-“Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6578.
Ilmiy rahbar: Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.03. raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich - Qarshi davlat texnika universiteti “Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, Olmos Jonikulovich Jo‘raev - Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qabul qilish kamerasida mineral va organik moddalarning cho‘kma hosil bo‘lishi va to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali mexanik inshootlarning ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqova suv tarkibidagi mineral va organik moddalarning qabul qilish kamerasi tubiga cho‘kib qolishining oldini olish uchun mexanik aralashtirgichni qo‘llash orqali keyingi inshootlarga oqimni teng miqdorda taqsimlash echimlari ishlab chiqildi;
olib borilgan dala kuzatuvlari va eksperimental tadqiqotlar asosida panjara kanalidagi oqim tezligi 0,92–0,98 m/s oralig‘ida ekanligi aniqlandi hamda panjaraning ishlash samaradorligini 10–15 % ga oshirish echimlari ishlab chiqildi;
qumtutkichda tutib qolingan mineral moddalarning hajmidan kelib chiqib, qumtutkichning mavjud ekspluatatsion ish rejimining samaradorligini 18–20 % ga oshirish echimlari ishlab chiqildi;
qabul qilish kamerasida mineral iflosliklar bilan birga organik cho‘kmalar cho‘kishini oldini olish orqali mexanik ishlovchi inshootlarning ishlash samaradorligini oshirish echimlari takomillashtirildi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqova suvlarni tozalash inshootlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijalarini amalda qo‘llash ishlari doirasida oqova suvlarni mexanik tozalash inshootlari, qabul qilish kamerasi, panjara, qumtutkich va birlamchi radial tindirgich Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Zaxlik MFY hududida joylashgan Oqova suvlarni tozalash aeratsiya stansiyasida sinovdan o‘tkazildi. Bunda oqova suvlarni qabul qilish kamerasida oqova suv tarkibidagi mineral va organik aralashmalarning cho‘kmasligi uchun aralashtirgich yechimi taqdim etildi. (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 30 yanvardagi 34-06/1129-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mexanik inshootlarning ishlash faoliyatini yaxshilash orqali ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik va konstruktiv echimlar takomillashtirildi.
Jomboy tumani, Farhod shaharchasida joylashgan oqova suvlarni tozalash inshootidagi qabul qilish kamerasida oqova suv tarkibidagi mineral va organik aralashmalarning cho‘kmasligi uchun aralashtirgichdan foydalanish orqali, mineral va organik aralashmali cho‘kmalarni cho‘kishi oldi olindi. (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 30 yanvardagi 34-06/1129-sonli ma’lumotnomasi). Natijada panjara kanalidagi oqim tezligi v=0,92–0,98 m/s oralig‘ida barqarorlashtirilib, panjara inshootining ishlash samaradorligini 10–15 % ga oshirishga erishildi.
qabul qilish kamerasida cho‘kmalarning cho‘kishini oldi olinishi orqali oqimni panjara kanallariga teng taqsimlanishi orqali keyingi bosqichdagi inshootlarning barqaror ishlashiga erishildi. (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 30 yanvardagi 34-06/1129-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qabul qilish kamerasida oqim parametrlarining barqaror va me’yoriy taqsimlanishi ta’minlanib, tozalash inshootining ishlash samaradorligi oshishi hisobiga yiliga 78 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi.