Sayfullaev Sayyor Solix o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta momig‘ini havo oqimidan ajratish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha, texnika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T1660
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.16.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bahodirov G‘ayrat Ataxonovich); texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Oripov Jasurbek Ikromjon o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasidagi linterlash jarayonidan keyin, momiq xomashyosini havodan ajratishning resurtejamkor, takomillashgan samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘rli barabanning ichki qismida momiq tola chiqindilarini kamaytirish maqsadida havo bosimi sarfini rostlovchi ratsional joylashuv burchagi 450 bo‘lgan takomillashgan konstruksiyasiyadagi jalyuza ishlab chiqilgan;
momiq tolalarning to‘rli baraban sirtidagi harakat qonuniyatlari ishlab chiqilgan va barabanning aylanish tezligi 14 ayl/min bo‘lganda momiqni havodan ajratish jarayoni samarali bo‘lishi asoslangan;
kondensorda paxta momigʻini havodan ajratuvchi to‘rli yuza teshigi diametrining maqbul qiymati 1.3 mm ekanligi matematik modellashtirish usuli yordamida aniqlangan va momiq yoʻqotilishi 2-3% ga kamayishi asoslab berilgan;
ishlab chiqarilgan momiqning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun kondensorning takomillashtirilgan konstruksiyasi taklif etilgan va momiq tola bo‘yicha ish unumdorligi 15-20% oshishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonasida momiqni havodan ajratish texnologiyasi parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta momig‘ini havodan ajratish kondensorining takomillashgan qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarida, xususan “Kogon paxta tozalash” AJ hamda “Shofirkon paxta tozalash” AJ korxonalarida joriy qilingan, (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 13-sentyabrdagi №03/25-2484 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, momiq tolalarni havodan ajratishda 2 martagacha havo sarfini kamaytirish natijasida elektroenergiya sarfi 15% ga kamayishiga erishilgan.