Mamatova Nasibaxon Kozimbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konseptlar tipologiyasi”, 10.00.11 ̶ Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.PhD/Fil4867.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kaxarov Qobil Shuhrat o‘g‘li, Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konseptlarning strukturaviy, kognitiv va madaniy xususiyatlarini tizimli tahlil qilish asosida ularning universal hamda milliy-madaniy tiplarini aniqlash, tarkibiy-mazmuniy va funksional-pragmatik xususiyatlarini tavsiflash hamda zamonaviy konseptlar tipologiyasini nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptlarni tipologik organishning metodologik asoslari takomillashtirilgan bolib, asosiy mezonlar sifatida universallik darajasi, strukturaviy murakkablik, tilda ifodalanish shakli va kognitiv asos belgilangan hamda falsafiy, lingvistik va kognitiv yondashuvlarning integratsiyasi asosida tort bosqichli fanlararo metodologik model ishlab chiqilgan: falsafiy-nazariy tahlil, lingvistik tavsif, kognitiv modellashtirish va pragmatik sinov bosqichlari aniqlanib, tipologik tasnifga yangicha metodologik asos yaratilgan; ishlab chiqilgan model xorijiy tillarni oqitish va tarjima amaliyotida konseptlarni tahlil qilishga tatbiq etilishi mumkinligi asoslangan;
universal va madaniy-spesifik konseptlarning ozaro munosabatlari qonuniyatlari aniqlangan bolib, beshta asosiy qonuniyat ilmiy asoslangan: universal konseptlarning madaniy-spesifik variantlarga transformatsiyalanishi, madaniy kontekstda universallarning qayta konseptuallashuvi, ikki tizimli konseptlarning madaniyatlararo aloqadorligi, konseptual ierarxiyada universal yadroning saqlanishi hamda madaniy asoslardagi konseptlarning lokal spesifikasi qonunlari ochib berilgan va ozbek madaniyatiga xos konseptlarning universal konseptlar doirasida tutgan orni va xususiyatlari ilk bor tizimlashtirilgan; mazkur tasnif asosida tarjima amaliyoti va madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
konseptlarning tarkibiy-mazmuniy va funksional-pragmatik tasnifi yaratilgan bolib, uch qatlamli tuzilish modeli taklif etilgan: obrazli, qiymatli va tushunchaviy qatlamlar ortasidagi ozaro tasir mexanizmlari aniqlangan hamda mazmuniy toliqligi boyicha tort tur ajratilgan. Shuningdek, on tortta funksional-pragmatik tur tizimli tasnifi ishlab chiqilib, funksional turlarning ushbu tasnifi til oqitish, tarjima amaliyotida hamda reklama, OAV va ijtimoiy kommunikatsiya sohalarida konseptual strategiyalarni qollash uchun amaliy qollanma sifatida taqdim etilgan;
konseptual tizimlarning dinamikasi va rivojlanish istiqbollari aniqlangan bolib, globallashuv sharoitida tortta asosiy tasir etuvchi omil tizimlashtirilgan: ijtimoiy, madaniy, texnologik va lingvistik omillar, konseptlar tipologiyasini fanlararo tadqiq etishning tort bosqichli metodik sxemasi ishlab chiqilgan hamda ozbek tilshunosligida tortta istiqbolli yonalish asoslangan: qiyosiy-tipologik tadqiqotlar, neyrolingvistik va psixolingvistik metodlar, kompyuter modellashtirish va suniy intellekt usullari, konseptlar dinamikasini organishga qaratilgan diaxronik tadqiqot yonalishlari dalillanib, konseptual lugatlar yaratish, mashinali tarjima tizimlarini takomillashtirish va tabiiy tilni qayta ishlash algoritmlarini rivojlantirishda konseptlar tipologiyasidan foydalanishning nazariy asoslari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
Mazkur dissertatsiyaning konseptlarning tarkibiy tuzilishi va mazmuniy xususiyatlariga ko‘ra tasnifi takomillashtirilib, ularning ko‘p qatlamli tuzilishini o‘rganish asosida obrazli, qiymatli va tushunchaviy qatlamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari aniqlanib, konseptlarning mazmuniy to‘liqligi va reprezentatsiya shakllariga ko‘ra tipologiyasi taklif etilgani kabilarga doir materiallari va natijalaridan lingvistik atamalarni izohlashda foydalanilgan. Shuningdek, konseptlar borasida tadqiqotlar olib borgan tilshunos olimlar qarashlariga doir talqinlarni shakllantirishda xizmat qilgan. “Konseptlar tipologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan bo‘lib, ’“№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada zarur manba bo‘lib hizmat qilgan (Andijon davlat universitetining 2025-yil 25- dekabrdagi 04-5569-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishida konseptlarning tarkibiy tuzilishi va mazmuniy xususiyatlariga ko‘ra tasnifi takomillashtirilib, ularning ko‘p qatlamli tuzilishini o‘rganish asosida obrazli, qiymatli va tushunchaviy qatlamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari aniqlanib, konseptlarning mazmuniy to‘liqligi va reprezentatsiya shakllariga ko‘ra tipologiyasi taklif etilgani kabilarga doir materiallari va natijalaridan lingvistik atamalarni izohlashda foydalanilgan;
Globallashuv va madaniyatlararo muloqot sharoitida konseptual tizimlarning o‘zgarish dinamikasini prognozlash asosida konseptlar tipologiyasini rivojlantirishning ilmiy-amaliy istiqbollari ko‘rsatilib, konseptlar tipologiyasini fanlararo tadqiq etish istiqbollari, zamonaviy axborot texnologiyalari orqali konseptlarni o‘rganish imkoniyatlari va metodlari taklif etilib, o‘zbek ilmiy falsafiy tafakkurida konseptlarni o‘rganishning tillarning keng doirasini qamrab oluvchi tipologik tadqiqotlarni o‘tkazish (1); neyrolingvistik va psixolingvistik metodlarni keng qo‘llash (2); kompyuter modellashtirish usullarini rivojlantirish (3); konseptlar dinamikasini o‘rganishga qaratilgan diaxronik tadqiqotlarni o‘tkazish (4) kabi istiqbolli yo‘nalishlariga doir materiallari va natijalaridan ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish usullarini ishlab chiqishda foydalanilgan xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2026-yil 5-yanvardagi 04-15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta'minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
Xususan, tadqiqotchi ishtirokida til va nutq hodisalarining shakllanishi va qo‘llanilishida kognitiv tilshunoslik sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar filologik fanlarning asosiy tarkibiy qismi xususida, shuningdek kognitiv tilshunoslikda asosiy kategoriyalarni tushunishda sezilarli farqlari, shu jumladan, uning asosiy mavzusi, kategorik tuzilishi va uslubiy xususiyatlari ilmiy jihatdan yoritib berilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2024-2025 yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2025-yil 15- iyuldagi 05-09-1144-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya mavzusiga oid ilmiy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyati radio eshittirishlarning mazmun-mohiyatini boyitishda nazariy asos vazifasini o‘tagan;
Jumladan, konseptlarni tipologik o‘rganishning metodologik asoslari, turli madaniyatlarda namoyon bo‘ladigan universal konseptlar va ma’lum lingvomadaniy muhitga xos konseptlar o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik, konseptlarning tarkibiy tuzilishi va mazmuniy xususiyatlari, konseptlarning turli pragmatik kontekstlardagi voqelanish xususiyatlari hamda ularning transformatsiyasi qonuniyatlari, shuningdek, neyrolingvistik va psixolingvistik metodlarni keng qo‘llash, kompyuter modellashtirish usullarini rivojlantirish, konseptlar dinamikasini o‘rganishga qaratilgan diaxronik tadqiqotlarni o‘tkazish kabi istiqbolli yo‘nalishlari kabi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” doirasidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2026-yil 2-fevraldagi 04/1-577-sonli ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida, konseptlarni tipologik o‘rganishning metodologik asoslari, turli madaniyatlarda namoyon bo‘ladigan universal konseptlar va ma’lum lingvomadaniy muhitga xos konseptlar o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik, konseptlarning tarkibiy tuzilishi va mazmuniy xususiyatlari, konseptlarning turli pragmatik kontekstlardagi voqelanish xususiyatlari hamda ularning transformatsiyasi qonuniyatlari, kompyuter modellashtirish usullarini rivojlantirish tadqiqotlarni o‘tkazish kabi istiqbolli yo‘nalishlari kabi ilmiy xulosalar haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan.