Alimov Murodqosim Achilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘simliklar karantin xizmati faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt2718
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Erxonova Maloxat Absaitovna, iqtisodiyot fanlari doktori (PhD), kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodov Sherzod Murod o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘simliklar karantin xizmatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zararli karantin kasallik va hasharotlarga qarshi kurashish jarayonlarida integratsion usul va biologik vositalarni qo‘llash, kutiladigan zararlarning oldini olish, karantin xizmatlari ko‘rsatish tizimining iqtisodiy, ekologik va xo‘jalik samaradorligini baholash va oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish, uning moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va resurslarini karantin xizmatlari turlari va hajmiga mos taqsimlash, zamonaviy xizmat turlari orqali diversifikatsiya qilish, o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatlar va karantin ruxsatnomalarini olish, transport birligini ochish va karantin ko‘rigi dalolatnomalarini rasmiylashtirish uchun amaldagi inflyasiya darajasiga mos ravishda o‘zgaruvchi to‘lovlar miqdorlari taklif etilgan;
xalqaro savdo aloqalarining ta’siri va kengayishi sharoitida milliy karantin tizimining huquqiy bazasini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘simliklar karantini tizimini raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy qilish, “Risk-based approach” (xavfga asoslangan yondashuv) texnologiya va usullarini samarali qo‘llash, o‘simliklar karantini davlat xizmatlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari va ularni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizm elementlari tavsiya etilgan;
mevali bog‘lar va sabzavot ekinlarining karantin organizmlari bilan zararlanish va ularga qarshi kurash ko‘lami o‘zgarishining 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish, eksport qilishda karantin xizmatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zararli karantin kasallik va hasharotlarga qarshi kurashish jarayonlarida integratsion usul va biologik vositalarni qo‘llash, kutiladigan zararlarning oldini olish, karantin xizmatlari ko‘rsatish tizimining iqtisodiy, ekologik, xo‘jalik samaradorligini baholash va oshirishga oid ilmiy asoslangan uslubiy tavsiyalar amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026yil 8apreldagi №06/28-4-05/2445-son ma’lumotnomasi). Natijada hashoratlarga qarshi kurash usullarining iqtisodiy va ekologik jihatdan baho berish aniqligini 25-30 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
o‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish, manbalarini shakllantirish, mablag‘larini qo‘shimcha xizmat turlarini joriy qilish hisobiga diversifikatsiyalash, fitosanitar sertifikati va karantin nazoratidagi mahsulotlar uchun ruxsatnomalar olish, transport birligini ochish va karantin ko‘rigi dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun inflyasiya darajasiga mos ravishda o‘zgaruvchi to‘lovlar miqdorlari amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026yil 8apreldagi №06/28-4-05/2445-son ma’lumotnomasi). Natijada jamg‘armaga 10 baravardan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirilgan;
xalqaro savdo aloqalari kengayishi sharoitida milliy karantin tizimi huquqiy bazasini xalqaro standartlarga moslash, tizimda raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda “Risk-based approach” (xavfga asoslangan yondashuv) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘simliklar karantini davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari hamda uning amalga oshirish iqtisodiy mexanizmi elementlari bo‘yicha tayyorlangan tavsiyalar amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026yil 8apreldagi №06/28-4-05/2445-son ma’lumotnomasi). Natijada karantin hujjatlari berish muddati 30 kundan 1 kunga qisqargan va mablag‘lari esa 15-20 % tejalgan;
ekinlarning karantin organizmlari bilan zararlanishi va ularga qarshi kurash ko‘lami o‘zgarishining 2026-2030 yillar uchun mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026yil 8apreldagi №06/28-4-05/2445-son ma’lumotnomasi). Bunda, respublikada 2030 yilgacha karantin organizmlariga qarshi biologik kurash ko‘lami 2024 yildagi 2347 gektardan 4077 gektarga ortishi, qarshi kurashga jalb qilingan texnik vositalar esa 13821 mln so‘mdan 25327 mln so‘mga ortishi asoslangan.