Artikbekova Fotima Kuchkarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nasos stansiyalarining eksplutatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda kirish kanali o‘zanidagi jarayonlarni baholash», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1373.
Ilmiy rahbar: Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Il`xomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shokirov Baxtiyor Maxmudjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalarining ekspluatatsion xususiyatlarini inobatga olgan holda kirish kanali o‘zanidagi oqim harakatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos stansiyalarining ekspluatatsion rejimini hisobga olgan holda o‘zandagi oqimning barqaror tekis harakatni ta’minlash usuli takomillashtirilgan;
kirish kanalida oqimning notekis o‘zgaruvchan harakatini bartaraf etish usuli o‘zan o‘lchamlarini o‘zgartirish orqali takomillashtirilgan;
kirish kanali parametrlarini nasos stansiyasi avankamerasiga yaqin sohada o‘zgartirish asosida nasos stansiyasiga kiradigan loyqa oqiziqlarini kamaytirish usuli takomillashtirilgan;
nasos stansiyalarining kirish kanallarida suv oqimi harakatining bashorati gidrodinamik tenglamalar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nasos stansiyasi kirish kanalining ekspluatatsion rejimini inobatga olgan holda nasos stansiyasining ishonchliligi va samaradorligini oshirishda gidravlik usullarni takomillashtirish asosida:
nasos stansiyalarining ekspluatatsion rejimini hisobga olgan holda barqaror tekis harakatni ta’minlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/25-4013-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasi kirish kanalida oqimning barqaror tekis harakatini ta’minlash va bashorat qilish imkoni yaratilgan;
kirish kanalining parametrlarini o‘zgartirish orqali nasos stansiyalariga kiradigan loyqa oqiziqlarini kamaytirish usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/25-4013-son ma’lumotnomasi). Natijada Amu-Buxoro mashina kanali nasos stansiyalarining suv etkazib berishini 12% gacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
nasos stansiyalari kirish kanallarida suv oqimining barqaror tekis harakatni ifodalovchi Sen-Venan tenglamalariga asoslangan matematik model` va dastur Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/25-4013-son ma’lumotnomasi). Natijada suv oqimi va o‘zan tubi orasidagi bog‘lanish qonuniyatlarihamda suv olib kelish kanalidagi o‘zan jarayonlari xarakterini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish