Saxibjonov Muzaffar Salijanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston tijorat banklari aktivlari daromadliligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5451.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rahmatilla Rahmonovich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyorovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat “Xalq bank”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida sof foizli daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto kreditlar va qat’iy belgilangan stavkaga ega qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali bank aktivlarining rentabelligini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investision operatsiyalarining aktiv operatsiyalar hajmidagi salmog‘ini oshirish yo‘li bilan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ini oshirishni ta’minlash taklifi asoslangan;
kreditlarning tarmoqlar va sohalar bo‘yicha konsentratsiyasining yuqori chegarasini 25 foizga qadar etkazish hamda tijorat banklarining majburiyatlari tarkibida chakana depozitlar ulushini ko‘paytirish hisobiga kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish taklifi asoslangan;
ATB “Mikrokreditbank”ining aktivlari daromadliligi (ROA) oshirilishi va unga ta’sir etuvchi omillari ta’sirining ekonometrik modeliga asoslangan holda 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklarida sof foizli daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto kreditlar va qat’iy belgilangan stavkaga ega qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali bank aktivlarining rentabelligini oshirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” faoliyatida foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2026-yil 23-apreldagi №05-14/10002-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning aktivlar portfeli tarkibida diversifikatsiya darajasi oshirildi, foizli daromad manbalari o‘rtasida muvozanat yaxshilandi hamda kredit portfeli va investisiya portfeli o‘rtasidagi risklar nisbati optimallashtirildi;
tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investision operatsiyalarining aktiv operatsiyalar hajmidagi salmog‘ini oshirish yo‘li bilan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ini oshirishni ta’minlash taklifi ATB “Mikrokreditbank ” faoliyatida foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2026-yil 23-apreldagi №05-14/10002-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning investision portfeli tarkibi takomillashtirildi, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi kengaytirildi hamda foizli daromadlarning barqaror manbalari ulushi oshirildi;
kreditlarning tarmoqlar va sohalar bo‘yicha konsentratsiyasining yuqori chegarasini 25 foizga qadar etkazish hamda tijorat banklarining majburiyatlari tarkibida chakana depozitlar ulushini ko‘paytirish hisobiga kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” faoliyatida foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2026-yil 23-apreldagi №05-14/10002-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank kredit portfelining tarmoqlar bo‘yicha konsentratsiya darajasi pasaytirildi, kredit risklarini boshqarish samaradorligi oshirildi hamda resurs bazasining barqarorligi kuchaytirildi;
ATB “Mikrokreditbank”ining aktivlari daromadliligi (ROA) oshirilishi va unga ta’sir etuvchi omillari ta’sirining ekonometrik modeliga asoslangan holda 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan ATB “Mikrokreditbank” faoliyatida foydalanilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2026-yil 23-apreldagi №05-14/10002-sonli dalolatnomasi). Mazkur ko‘rsatkichlar asosida aktivlar tarkibini optimallashtirish, daromadlilikni oshirishga qaratilgan strategik qarorlarni shakllantirish tizimi takomillashtirildi.