Fayzullaev Shuhrat Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Agrosanoat korxonalarida raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3067.
Ilmiy rahbari: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Axunova Gulchehra Nazarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli marketing asosida agrosanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, raqamli marketing tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida iste’molchilar muammolariga echim taklif qilish orqali korxonaning foydaga erishish jarayonlaridan iborat bo‘lgan, iste’molchilarga yuqori naf yaratishga yo‘naltirilgan strategik usullar, vositalar va yondashuvlar majmuasi sifatida takomillashtirilgan;
agrosanoat korxonalari veb-portallarining raqamli marketing faoliyati samaradorligini iste’molchilarni jalb etish darajasiga ko‘ra integral indeksi qiymatlarini boshlang‘ich (0≤I≤2,4), rivojlanayotgan (2.5≤I≤3.7) va etuk (3.8≤I≤5) raqamli darajalari oraliqlarida baholash taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va iste’mol zanjirida raqamli ma’lumotlarni yagona blokcheyn tizimida integratsiya qilingan holda saqlanishi va QR-kodli tizim orqali iste’molchiga ekologik xolati bo‘yicha ma’lumotlani taqdim etish uchun mahsulotning raqamli pasportini shakllantirish taklifi asoslangan;
agrosanoat korxonalari uchun Agile metodologiyasiga asoslangan yondashuvda iste’molchilarni raqamli xatti-harakat o‘zgarishlariga tezkor moslashuvchan qisqa va aniq maqsadli vaqt oraliqlarida (sprint sikllarida) marketing strategiyalarini qo‘llashning tizimli bosqichlari taklif etilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish asosida agrosanoat korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, raqamli marketing tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida iste’molchilar muammolariga echim taklif qilish orqali korxonaning foydaga erishish jarayonlaridan iborat bo‘lgan, iste’molchilarga yuqori naf yaratishga yoʻnaltirilgan strategik usullar, vositalar va yondashuvlar majmuasi sifatida takomillashtirilgan. Mazkur ilmiy yangilik “Raqamli marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 14 iyuldagi 228-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqamli marketing tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha yangi nazariy bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
agrosanoat korxonalari veb-portallarining raqamli marketing faoliyati samaradorligini iste’molchilarni jalb etish darajasiga ko‘ra integral indeksi qiymatlarini boshlang‘ich (0≤I≤2,4), rivojlanayotgan (2.5≤I≤3.7) va etuk (3.8≤I≤5) raqamli darajalari oraliqlarida baholash taklifi asoslangan takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo agrosanoat korxonalari faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-yanvardagi 05-33-710-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrosanoat korxonalarining raqamli rivojlanganlik holatiga moslashuvchan texnologik echimlarni aniqlash imkoni yaratilgan. Raqamli marketing texnologiyasi yordamida iste’molchilarning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va yangiliklardan xabardorlik darajasini aniqlash imkoni “EKO WHEAT” f/x hamda “INNOVATIONS WORLD TRADE” MChJlar faoliyatida qo‘llanilgan hamda mahsulotlarni sotishda iste’molchilar bilan ishlash samaradorligi oshirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’molchilar bilan ishlash samaradorligi o‘rtacha 13,4 foizga oshgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va iste’mol zanjirida raqamli ma’lumotlarni yagona blokcheyn tizimida integratsiya qilingan holda saqlanishi va QR-kodli tizim orqali iste’molchiga ekologik holati bo‘yicha ma’lumotlani taqdim etish uchun mahsulotning raqamli pasportini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo agrosanoat korxonalari faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-yanvardagi 05-33-710-son ma’lumotnomasi). Agrosanoat korxonalarining raqamlashganlik darajasini aniqlash va ularga maqsadli dasturiy ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha taklif etilgan QR kodli tizim orqali agrosanoat korxonalarida marketing hamda sotuv tizimlarida qo‘llashda taklif etilgan dasturiy vositalari “EKO WHEAT” f/x hamda “INNOVATIONS WORLD TRADE” MChJlar faoliyatida qo‘llanilgan va ushbu dasturiy tizimlar xo‘jaliklar faoliyatida foydalanilgan. Natijada, biznes jarayonlari, shu jumladan mahsulotlarning xaridlar dinamikasi o‘rtacha 18 foizga o‘sgan;
agrosanoat korxonalari uchun Agile metodologiyasiga asoslangan yondashuvda iste’molchilarni raqamli xatti-harakat o‘zgarishlariga tezkor moslashuvchan qisqa va aniq maqsadli vaqt oraliqlarida (sprint sikllarida) marketing strategiyalarini qo‘llashning taklif etilgan tizimli bosqichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo agrosanoat korxonalari faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 27-yanvardagi 05-33-710-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida agrosanoat korxonalari uchun sprint sikllarida samarali raqamli marketing texnologiyalarini qo‘llash va ulardan foydalanish darajasini oshirish uchun strategik dasturlar ishlab chiqish imkonini yaratgan. Mazkur tizimli bosqichlardan “EKO WHEAT” f/x hamda “INNOVATIONS WORLD TRADE” MChJlar faoliyatida qo‘llash natijasida raqamli marketing strategiyalari bo‘yicha funksional bloklarga moslik holati me’zonlari aniqlangan. Bunday strategiyalarni qo‘llash orqali mahsulotlarning onlayn savdosi hajmi o‘rtacha 11,4 foizga oshgan.