Jumaev Shuxratning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq ma’murchiligini tashkil etish va amalga oshirishning metodologik muammolari (yirik soliq to‘lovchilar misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt981
Ilmiy maslahatchi: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12 I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Kaxramonjon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ergashev Ilxomjon Obodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligini tashkil etish va amalga oshirishning metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik soliq to‘lovchilarda soliq ma’murchiligi samaradorligini ta’minlash tartibi tovar-transport yuk xatlarini har bir transport qatnovi va har bir yuk oluvchi bo‘yicha alohida elektron shaklda rasmiylashtirish, texnik nosozlik holatlarida ma’lumotlarni 5 kalendar kun ichida axborot tizimiga majburiy kiritish hamda elektron hisobvaraq-fakturani elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda yuritish mexanizmlarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
soliq to‘lovchilarni toifalashning metodologik asoslari yirik soliq to‘lovchilarni sof tushumning bazaviy hisoblash miqdorining 735 ming baravarigacha bo‘lgan chegarasi, 12 oylik hisob davri va o‘rtacha-yillik 10 nafar xodim mezonlari asosida aniqlash tartibini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi shtat birligini ko‘paytirish va inspeksiya tarkibida qo‘shimcha ravishda “O‘ta yirik soliq to‘lovchilar ma’murchiligi” bo‘limini tashkil etish orqali yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligini yanada oshirish taklifi asoslangan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi hisobiga byudjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish huquqini berish lozimligi asoslangan;
soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari tarkibiga kameral soliq tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini kiritish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq ma’murchiligini tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yirik soliq to‘lovchilarda soliq ma’murchiligi samaradorligini ta’minlash tartibi tovar-transport yuk xatlarini har bir transport qatnovi va har bir yuk oluvchi bo‘yicha alohida elektron shaklda rasmiylashtirish, texnik nosozlik holatlarida ma’lumotlarni 5 kalendar kun ichida axborot tizimiga majburiy kiritish hamda elektron hisobvaraq-fakturani elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda yuritish mexanizmlarini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 673-sonli qarori bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 30-iyuldagi 74943-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tizimda soliq ma’murchiligini raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, tadbirkorlik subektlariga hujjatlarni rasmiylashtirishda engillik yaratish va davlat nazoratining samaradorligini oshirish imkoni kengaygan;
soliq to‘lovchilarni toifalashning metodologik asoslari yirik soliq to‘lovchilarni sof tushumning bazaviy hisoblash miqdorining 735 ming baravarigacha bo‘lgan chegarasi, 12 oylik hisob davri va o‘rtacha-yillik 10 nafar xodim mezonlari asosida aniqlash tartibini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 30-iyuldagi 74943-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarni toifalashning metodologik asoslarini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi shtat birligini ko‘paytirish va inspeksiya tarkibida qo‘shimcha ravishda “O‘ta yirik soliq to‘lovchilar ma’murchiligi” bo‘limini tashkil etish orqali yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma’murchiligi samaradorligini yanada oshirish taklifi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 25-yanvardagi 13-sonli buyrugʻida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 30-iyuldagi 74943-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘ta yirik soliq to‘lovchilar ma’murchiligi yanada takomillashib, ulardan 2024-yilda 105,9 trln.so‘m, 2025-yilda 114,5 trln.so‘m soliq tushumlari undirilib, soliq tushumlari 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 21,1 trln.so‘mga, 2025-yilda esa 2024-yilga nisbatan 8,6 trln so‘mga o‘sish kuzatilgani o‘ta yirik soliq to‘lovchilar segmentida soliq ma’murchiligining samaradorligi sezilarli darajada oshgan;
yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi hisobiga byudjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 30- iyuldagi 74943-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik soliq to‘lovchi hisoblangan soliq to‘lovchilar tomonidan tovarlarni import qilishda va tovarlarni, ish xizmatlarni realizatsiya qilishda qo‘shimcha engilliklar yaratilishi ta’minlanib, yirik soliq to‘lovchilarning 2023-yilda 162 tasi 1,9 trln.so‘m, 2024-yilda 441 tasi 6,3 trln.so‘m va 2025-yilda 496 tasi 5,5 trln.so‘m mablag‘larini bojxona organlarida o‘zaro hisobga olinishi ta’minlangan;
soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari tarkibiga kameral soliq tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 28-dekabr 2023-yildagi O‘RQ-891-sonli qonuni bilan amaliyotga joriy qilingan va Soliq kodeksining 100-moddasining to‘rtinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 30-iyuldagi 74943-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlarga engillik yaratilib, ular tomonidan faoliyatini yanada rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratilgan.